Tadbirlar va konferensiyalar taqvimi

«Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–46 qaroriga muvofiq, 2026-yil 9–11-aprel kunlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida «Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi. 

Dastur:

8-aprel — xorijiy ishtirokchilarni kutib olish va madaniy dastur. Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyalari, Temuriylar davriga oid qo‘lyozmalar, numizmatik meros va tematik ko‘rgazmalar bilan tanishuv, Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif. Kechki dasturda badiiy-hujjatli film namoyishi.

9-aprel — konferensiyaning tantanali ochilishi, asosiy ma’ruzalar va ilmiy seksiyalar. Kechki qismida musiqali mepping dasturi va rasmiy qabul.

10-aprel — seksiya ishlari davomi, xalqaro loyihalar taqdimoti, memorandumlar imzolash va yakuniy hujjatlarni qabul qilish.

11-aprel — Samarqand shahrida madaniy dastur: Imom Buxoriy memorial majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon, Bibixonim masjidi va Shohi-Zinda majmuasiga tashrif.

Mazkur anjuman Amir Temur va Temuriylar merosini o‘rganish va xalqaro miqyosda targ‘ib etishga qaratilgan.