Tashrifni rejalashtirish uchun barcha ma’lumotlar: ish vaqti va chipta narxlari, tashrif qoidalari, zallardagi ekspozitsiyalar hamda nogironligi bo‘lgan mehmonlar uchun qulayliklar.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashrif vaqti har kuni soat 09:00 dan 22:00 gacha, dam olish kunlarisiz. Bunday amaliyot O‘zbekiston muzeylari uchun ilk bor joriy etilmoqda.
Tashkilotchilar tashrif tizimi xalqaro muzey standartlari asosida ishlab chiqilgan, u mahalliy aholi hamda xorijiy sayyohlar uchun mo‘ljallangan. Biletlar turli toifalarga ajratilgan: O‘zbekiston fuqarolari, xorijiy mehmonlar va bolalar uchun alohida narxlar belgilangan.
Shuningdek, tashrifchilar Qur’on zaliga kirish imkoniga ega bo‘ladilar. U yerda bir milliondan ortiq Swarovski kristallari yordamida yaratilgan arxitekturaviy-badiiy mepping orqali nurli dinamik muhit hosil qilingan. Dasturga to‘rtta “vaqt kapsulasi” ham kiritilgan bo‘lib, ular turli tarixiy davrlarga sho‘ng‘ish imkonini beradi. Interaktiv va raqamli installyatsiyalar orqali mintaqaning ilmiy va madaniy merosi namoyon etiladi.
Biletlar onlayn (iTicket.uz orqali) va markaz kassalarida sotiladi. Elektron biletlar QR-kod bilan ta’minlangan bo‘lib, kirish jarayonini tez va qulay qiladi.
Tashrif formati ham turlicha:
— 30 nafargacha guruhli ekskursiyalar
— individual tashriflar
Ekskursiyalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi.
Biletlar belgilangan vaqt oraliqlari bo‘yicha sotiladi, bu esa navbatlarni oldini olish va tashrifchilar oqimini tartibga solishga xizmat qiladi.
Markazda qo‘shimcha xizmatlar ham joriy etilmoqda:
— robot-gidlar
— ko‘p tilli audiogidlar
— virtual sayohat formatlari
Tashrifchilar:
— jamoat tartibiga rioya qilishi
— eksponatlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi
— diniy hududlarda kiyinish qoidalariga amal qilishi shart
Taqiqlanadi:
— eksponatlarga ruxsatsiz tegish
— flesh bilan suratga olish
— ruxsatsiz ekskursiya o‘tkazish
— ruxsatsiz tijorat faoliyati
Chipta narxlari bilan qayerda tanishish mumkin?
— Markazning rasmiy saytida iccu.uz
— onlayn platformalarda – iTicket.uz orqali
— Markaz kassalarida
Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyiga kirish chiptalari, konferensiya zallari ijarasi va qo‘shimcha xizmatlar narxlari.
| Xizmat turi | Shartlar | Narxi |
|---|---|---|
| O‘zbekiston fuqarolari uchun | ||
| Katta yoshdagi fuqarolar (18 yoshdan yuqori) | 2 soat davomida audiogid bilan | 90 000 so‘m |
| Katta yoshdagi fuqarolar | 2 soat davomida iPad bilan | 100 000 so‘m |
| Katta yoshdagi fuqarolar | 2 soat davomida, mepping-shou bilan birgalikda | 140 000 so‘m |
| Kattalar uchun individual tashrif | Kun davomida | 180 000 so‘m |
| 5–11 yoshdagi bolalar | Bolalar muzeyida, 1 soat | 30 000 so‘m |
| 12–18 yoshdagi bolalar | 2 soat | 35 000 so‘m |
| 12–18 yoshdagi bolalar | 2 soat davomida, mepping-shou bilan birgalikda | 50 000 so‘m |
| VIP tashrif | Gid xizmati bilan | 350 000 so‘m |
| Guruh uchun gid xizmati | 10 nafargacha | 300 000 so‘m |
| Xorijiy fuqarolar uchun | ||
| Katta yoshdagi fuqarolar (18 yoshdan yuqori) | — | 425 000 so‘m |
| Katta yoshdagi fuqarolar (18 yoshdan yuqori) | 2 soat davomida iPad bilan | 450 000 so‘m |
| Kattalar uchun individual tashrif | 2 soat davomida, mepping-shou bilan birgalikda | 600 000 so‘m |
| Kattalar uchun individual tashrif | Kun davomida | 660 000 so‘m |
| 12–18 yoshdagi bolalar | 2 soat | 310 000 so‘m |
| 5–11 yoshdagi bolalar | Bolalar muzeyida, 1 soat | 180 000 so‘m |
| 12–18 yoshdagi bolalar | 2 soat davomida, mepping-shou bilan birgalikda | 370 000 so‘m |
| VIP tashrif | Gid xizmati bilan | 850 000 so‘m |
| Guruh uchun gid xizmati | 10 nafargacha | 480 000 so‘m |
| Xizmat turi | Shartlar | Narxi |
|---|---|---|
| Konferensiya zallari ijarasi | ||
| 200 kishilik konferensiya zali | Ijara, 1 soati uchun | 20 000 000 so‘m |
| 500 kishilik konferensiya zali | Ijara, 1 soati uchun | 45 000 000 so‘m |
| Golf-kar xizmati | ||
| Bir kishi uchun golf-kar xizmati | 30 daqiqa | 35 000 so‘m |
Tashrif formati va qo‘shimcha xizmatlarni o‘z ehtiyojingizga mos ravishda tanlang.
Islom sivilizatsiyasi markazi — tarixni zamonaviy nigoh bilan kashf eting.
Chipta sotib olish