Mintaqadagi bolalar va o‘smirlar uchun ilk muzey: to‘rtta mavzuli zal, interaktiv qurilmalar va ta’limiy kvestlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Bolalar muzeyi yosh avlodni boy ilmiy-madaniy meros bilan tanishtirishga xizmat qiluvchi doimiy interaktiv ta’lim makonidir. Muzey tarixiy hikoyalar, zamonaviy multimedia vositalari, tajriba qurilmalari va ijodiy mashg‘ulotlarni birlashtirib, bolalarga ilm-fanni kuzatish bilan birga uni amalda sinab ko‘rish imkonini beradi.
Mamlakatimizda ushbu yo‘nalishdagi ilk interaktiv bolalar muzeyi sifatida 2026-yil 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida ochilgan maskan asosan 5–11 yoshli tashrifchilarga mo‘ljallangan. To‘rtta mavzuli zalda tarix, matematika, astronomiya, tibbiyot, muhandislik va san’at yo‘nalishlariga oid bilimlar bolalar uchun qiziqarli hamda tushunarli shaklda taqdim etiladi.