
Zalda 14 ta ravoq joylashgan bo‘lib, ularda Markaziy Osiyo xalqlari tarixidagi muhim voqealar tasvirlangan. Bu yerda zamonaviy texnologiyalar tarixni tirik muloqotga aylantiradi. Interaktiv sensor panellar orqali Prezident tashabbusi bilan yaratilgan raqamli platformaga kirish mumkin — u yuzdan ortiq buyuk mutafakkir va olimlarning avatarlarini o‘z ichiga oladi. Ular ekranlarda “jonlanib”, o‘z g‘oyalari va kashfiyotlari haqida so‘zlaydi.
Barcha zallar

