
Zalda temuriylar davri ilm-fani va maʼnaviy yuksalish ruhi zamonaviy muzey texnologiyalari bilan uygʻun holda namoyon etilgan. Meʼmoriy bezaklardagi nafis koshinkorlik, Qurʼon oyatlari va mumtoz naqshlar Sharq uygʻonish davrining badiiy-estetik tafakkurini ifodalaydi.Ekspozitsiyalarda Alisher Navoiy siymosi, uning adabiy-falsafiy merosi, qoʻlyozmalar va sanʼat asarlari orqali Ikkinchi Renessansning ilmiy, madaniy va maʼnaviy qiyofasi jonli tarzda ochib berilgan.
Barcha zallar

