“Bag‘rikenglik” maydoni

“Bag‘rikenglik” maydoni

Birinchi Renessans davri bo'limi “Bag‘rikenglik” maydoni O‘zbekiston hududida asrlar davomida shakllangan diniy, madaniy va ilmiy bag‘rikenglik an’analarini mujassam etadi. Ushbu maydon ekspozitsiyasida Markaziy Osiyo va islom sivilizatsiyasi tarixida muhim o‘rin tutgan me’moriy obidalar, muqaddas ramzlar va noyob yodgorliklar jamlangan. Maydonda Raboti Malik majmuasi, Mag‘oki Attori masjidi, Chashmai Ayub maqbarasi, Somoniylar maqbarasi va Qusamiya madrasasi maketlari o'rin olgan.

Barcha zallar