
1151
Dunyo eʼtibori va eʼtirofidagi maskan
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning tahliliy maqolasi eʼlon qilindi. Materialda Toshkentda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi zamonaviy dunyodagi global chaqiriqlarga Oʻzbekiston tomonidan berilgan sivilizatsion javob, islomning bunyodkor va maʼrifatparvar mohiyatini ochib beruvchi xalqaro gumanitar platforma sifatida talqin etilgan. Muallif Markazning barpo etilishi, uning ilmiy-maʼnaviy mazmuni va jahon yetakchilari tomonidan berilgan yuksak baho orqali “Yangi Oʻzbekiston” siyosati doirasida shakllanayotgan yangi intellektual makonning tarixiy ahamiyatini yoritadi.




