
2788
Markaziy Osiyo miniatyura maktabining eng noyob durdonasi Toshkentda namoyish etiladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekpozitsiyasidagi har bir eksponat, har bir artefakt tomoshabinni oʻyga soladi. Sharq miniatyura sanʼati durdonalaridan biri boʻlgan ana shunday noyob artefaktlardan biri har bir insonni oʻz “togʻlari”ni yengishga, mehnatni muhabbat bilan bogʻlashga chorlaydi.




