Resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) hamkorligida “O‘zbekiston madaniy merosi — butun insoniyat boyligi. Yangi O‘zbekistonning xalqaro loyihalari taqdimoti” mavzusida anjuman o‘tkazildi.
9–11 aprel kunlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbir jahon tarixi va madaniyatida Amir Temur hamda Sharq Renessansi sivilizatsiyasining o‘rnini muhokama qilish uchun yirik xalqaro maydonga aylandi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi yana bir yirik xalqaro ilmiy muloqot maydoniga aylandi. Bu yerda Malayziya bilan hamkorlikda “Islom sivilizatsiyasida ilmiy an’ana: manbalar, imkoniyatlar va dolzarb masalalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkazilgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi 46 davlatdan 300 nafardan ortiq siyosatchi, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, diniy ulamolar va yetakchi olimlarni bir maydonga jamlab, islom sivilizatsiyasi merosini asrash, raqamlashtirish va kelajak avlodlarga yetkazish bo‘yicha uzoq muddatli xalqaro hamkorlikning yangi institutsional modelini shakllantirdi.

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media, ilm-fan va kreativ industriya vakillari Toshkent va Samarqandda jam bo‘lib, O‘zbekiston hamda islom sivilizatsiyasining tarixi, madaniyati va intellektual merosi haqida zamonaviy dunyoga qanday tarzda so‘zlab berish masalasini muhokama qildi. Biroq besh kunlik forumning eng muhim natijasi o‘tkazilgan tadbirlar soni emas, balki uzoq muddatli xalqaro hamkorlikka asos solingani bo‘ldi. Yangi filьmlar, kitoblar, raqamli loyihalar, ta’lim dasturlari va media tashabbuslar O‘zbekiston haqida dunyoga yangicha hikoya qilish imkonini beradi.