Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

ISM ekspozitsiyasidan Oʻzbekistonning tarixiy va maftunkor shaharlarining maketlari joy oladi

19.04.2025, 18:531021
ISM ekspozitsiyasidan Oʻzbekistonning tarixiy va maftunkor  shaharlarining maketlari joy oladi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Kengaytirilgan Ilmiy kengashning navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Kengash aʼzolari, Ishchi guruh rahbarlari jumladan, tarix fanlari doktori, professor Jannat Ismoilova, OʻzRFA vitse prezidenti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori, professor Bahrom Abduhalimov, Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi direktori, sanʼatshunos olima Kamola Akilova, akademik Akbar Hakimov va boshqa olimlar hamda Markaz rahbariyati va xodimlar ishtirok etdi. 

Ilmiy kengash muhokamasi

Kengash muhokamasida Markaz ekspozitsiyasining 4 ta yoʻnalishi – "Qurʼoni karim" zali, "Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari", "Birinchi Renessans davri", "Ikkinchi Renessans davri" va "Oʻzbek xonliklari"  boʻlimlari Ish rejasi taqdimotlari muhokama etildi. 

Kengash uchrashuvini Markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov kirish soʻz bilan ochib berdi:

Markazni boyitish doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar uch bosqichda amalga oshirilmoqda. Oldimizda katta va masʼuliyatli ish turibdi. Har bir boʻlim rahbaridan markaz uchun taqdim etilgan manbalarning aniq va tarixiy haqiqatlarga asoslanganini taʼminlash soʻraladi. Maʼlumotlar 7 tilga tarjima qilinadi. Bu boʻyicha tajribali kompaniyalar bilan hamkorlik masalalari koʻrilmoqda. Wikipediyadagi tarixiy maʼlumotlarni yanada boyitishga hissa qoʻshishni ham rejalashtirganmiz –  dedi Markaz rahbari. 

“Sila sveta” kompaniyasi vakili

Jarayonda “Sila sveta” kompaniyasi direktori Aleksandr Us "Yangi Oʻzbekiston — Yangi Renessans" boʻlimining tarkibiy qismlari, ekspozitsiya dizayni va undan oʻrin oladigan artefaktlar hamda media kontentlar haqida onlayn taqdimot qildi. Taqdimot yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. 

Markaz ochilgandan soʻng bizning ishimiz tashrif buyuruvchilarga manzur boʻladi, deb umid qilaman. Mahalliy olimlar, tarixchilar bilan maslahatlashgan holda loyiha doirasida koʻplab yangiliklar qildik. Boʻlim tom maʼnoda markazning tashrif qogʻozi boʻladi, deya toʻgʻri baholanmoqda. Tasavvur qilish uchun aytaman, boʻlimda Oʻzbekistonning tarixiy va maftunkor  shaharlarining maketlari joy oladi,  oʻzbek allomalarining ixtirolari aks ettiriladi. Dron va audioyozuvli shoular oʻtkaziladi. Loyihalarda zamonaviylik aks ettiriladi, har bir dastur jahon standartlari asosida amalga oshiriladi, — dedi Aleksandr Us. 
 

Shuningdek, yigʻilishda “Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari”, “Birinchi Renessans davri”, “Ikkinchi Renessans davri” boʻlim rahbarlari va masʼullari loyihalar doirasida qilinayotgan ishlar boʻyicha taqdimot qildi. Maʼlum qilinishicha, Markazga gidlar jamoasi jalb qilinishi, ular mutaxassislar tomonidan oʻquv kurslarida oʻqitilishi maʼlum qilindi. Uchrashuv soʻnggida taqdimotlar Ilmiy kengash aʼzolari tomonidan yana bir bor muhokama qilinib, tasdiqlandi. 
 

Maʼlumot uchun,  Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilayotgan markaz ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish masalalariga soʻnggi bir oy ichida 200 dan ortiq mahalliy olimlar jalb qilingan. Jami 800 dan ziyod loyihalar ustida ishlarni amalga oshirish uchun 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar birgalikda ish olib borishi kerakligi qayd etildi. Ayni paytda dastlabki bosqich boshlangan, unda 400 dan ortiq loyihalar ustida Ilmiy kengash aʼzolari bilan maslahatlashgan holda ishlar jadal olib borilyapti.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5
carousel image 6
carousel image 7

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14832
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7983
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar