Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Kino sohasidagi yangi loyihalar taqdimoti

24.10.2024, 14:424804
Kino sohasidagi yangi loyihalar taqdimoti

O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Madaniy meros” haftaligi doirasida “O‘zbekiston kino san’atidagi madaniy meros” forumi bo‘lib o‘tdi. Dastlab forum ishtirokchilari o‘zbek kinosi tarixiga oid “O‘zbekiston kino san’ati muzeyi” ko‘rgazmasini tomosha qildi.

Shundan so‘ng “O‘zbekiston kino san’atidagi madaniy meros” forumi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev ochdi va forum qatnashchilarini tabrikladi.  

TURKSOYga a’zo mamlakatlarning kino-media platformasini yaratish, ishlab chiqarish va tarkibni to‘ldirish bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan TURKSOY axborot va kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i Salim Ezer ma’ruza qildi.  

Forum davomida “Tirik tarix” dasturining taqdimoti hamda ushbu loyiha bo‘yicha Kinematografiya agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, galdagi vazifalar haqida hisobot tinglandi.  

  • Bugun madaniy meros haftaligi davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Tirik tarix” dasturi ijrosi, bu borada bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi, – dedi Kinematografiya agentligi matbuot kotibi Sayfullo Rajabov. –  “Tirik tarix” dasturidan 54 ta kinoloyiha o‘rin olgan. Bu loyihalar 2024-2030 yillar davomida ishlab chiqarilib, namoyishlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu loyihalarning 21 tasi badiiy film, 33 tasi esa badiiy-publitsistik filmlar hisoblanadi. Ayni paytda “Tirik tarix” dasturi doirasidagi 10 ta film ishlab chiqarilish jarayonida.  
  • O‘zbekiston so‘nggi yillarda ko‘plab madaniy uchrashuvlarda mezbonlik qilmoqda, – dedi TURKSOY axborot va kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i Salim Ezer. – Shu bilan birga, olimlar va san’atkorlarni bir yerga to‘playapti. Bu yerlar turk madaniyatining jon tomiri va uni rivojlantirgan eng muhim mamlakat hisoblanadi. Bu tadbir hamkorlikdagi loyihalarimizni muhokama qilish imkonini beradi. O‘zbekistonning bu yo‘nalishda yaratayotgan yangi loyihalaridan biz ham ilhomlanyapmiz. Shuningdek, ushbu loyihalarga tashkilotimiz o‘laroq yordam berishga tayyormiz. Alohida ta’kidlashim kerakki, O‘zbekistonda 2017 yildan bugungi kungacha kinematografiya sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishilganiga guvoh bo‘lyapman.  

Shuningdek, anjumanda “Tirik tarix” loyihasidan o‘rin olgan  qo‘shma mahsulot formatidagi yangi filmlar – “Qadimgi sivilizatsiyalarning kelib chiqishi”, ozarbayjonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan “Mulla Nasriddin”, rossiyalik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda yaratilayotgan “Al Xorazmiy”, “LenDok” kinostudiyasi bilan hamkorlikdagi “Masjid”, “Mo‘jizaviy ko‘za”, BBC kompaniyasi bilan hamkorlikdagi O‘zbekiston madaniy merosiga oid loyihalar va “Maxtumquli” o‘zbek-turkman badiiy filmining treyleri va filmga kadr ortidan tayyorgarlik jarayoni video lavhalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  

Forum yakunida Rossiya Federatsiyasining “DIVI” telekanali bilan “Arxeologiya” loyihasi bo‘yicha, “LenDok” kinostudiyasi bilan “Masjid” loyihasi bo‘yicha memorandum imzolandi.  

N.Usmonova,

O‘zA

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14820
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7973
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar