Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

BMTda tarixiy taqdimot o‘tkaziladi

09.02.2026, 20:281192
BMTda tarixiy taqdimot o‘tkaziladi

BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qator muhim taklif va tashabbuslar ilgari surilgan. Ushbu tashabbuslar qatorida BMTda maxsus taqdimot o‘tkazish ham o‘rin olgan. Ushbu tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 22-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida PQ–314-son qaror qabul qilingan. Mazkur qaror ilovasiga ko‘ra BMTda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda buyuk allomalar merosiga bag‘ishlangan maxsus taqdimot o‘tkazish vazifasi belgilangan.

Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov rahbarligida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuhammedov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffar Joniyev hamda Markaz xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ana shu vazifani amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Markaz direktori F.Abduxoliqov o‘tgan vaqt mobaynida mazkur taqdimot konsepsiyasi ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan, ushbu yo‘nalishda tezkor fursatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, taqdimotni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan tegishli ma’lumotnoma tuzish zarurligi belgilandi.

Shu bilan birga, Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan buyuk allomalar — Imom Moturidiy, Imom Buxoriy va Imom Termiziy  ilmiy-ma’naviy merosiga bag‘ishlangan maxsus ekspozitsiyalar tashkil etilgani, shuningdek, Gollivudning mashhur kinoaktyori  Ben Kingsli ishtirokida “Ma’rifat aks-sadosi” nomli turkum videoroliklar tayyorlangani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi bilan hamkorlikda Imom Termiziy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Dostoinstva Proroka” kitobi tayyorlangani, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan kitob-albom tayyorlanayotgani, shuningdek, Imom Moturidiy  va boshqa allomalarga bag‘ishlangan kitob-albomlar tayyorlash zarurligi qayd etildi.

 Nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalari — Euronews, CNN, BBC va boshqa kinokompaniyalar bilan hamkorlikda Markaz faoliyatiga oid turkum videoroliklar tayyorlanayotgani ma’lum qilindi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuhammedov taqdimot konsepsiyasini mukammal tarzda ishlab chiqish hamda boshqa barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Markazlar (Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Termiziy)dan vakillarni jalb etgan holda alohida ishchi guruh shakllantirish zarurligini ta’kidladi. 

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov taqdimotga qisqa fursatda tayyorgarlik ko‘rish zarurligini inobatga olgan holda, ilmiy jihatdan asoslangan materiallar asosida ma’lumotlarni shakllantirish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.

Firdavs Abduxoliqovning ta’kidlashicha, mazkur taqdimotni tashkillashtirishda Buyuk Britaniyadagi Islom merosi fondi – “Al-Furqon” hamda Oksford islom tadqiqotlari markazini hamkor sifatida jalb etish maqsadga muvofiq.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Ramazon oyi munosabati bilan ilmiy tadqiqot markazlari hamkorligida mahalliy telekanallar orqali maxsus ma’rifiy roliklar tayyorlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ushbu roliklarni tayyorlash, ko‘rikdan o‘tkazish va tasdiqlash uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida  Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy hamda Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishib olindi.  

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining bu tashabbusi nafaqat tarix va madaniy merosni keng auditoriyaga yetkazish, balki mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim loyihalardan biri hisoblanadi. BMTdagi maxsus taqdimot va telekanallar orqali tayyorlanadigan ma’rifiy kontent O‘zbekistonning boy ilmiy va madaniy merosini jahon hamjamiyatiga ta’sirli va yanada yaqqol tarzda namoyon qilish imkonini beradi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14821
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7974
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar