Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Registon tarixini qanday taqdim etmoqda?

10.02.2026, 17:311342
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Registon tarixini qanday taqdim etmoqda?

Samarqand Registoni — asrlar davomida shakllangan me’moriy va ma’naviy meros namunasi

Samarqanddagi Registon majmuasi asrlar davomida shakllangan bo‘lib, uning saqlanib qolishi tasodif emas. Shahar taqdiriga befarq bo‘lmagan hukmdorlar har bir davrda uni saqlash, ta’mirlash va rivojlantirishni davlat siyosati darajasida e’tibor qaratgan.

Amir Temur, Somoniylar yoki Shayboniylar davrida bunyod etilgan tarixiy obidalarning bugungacha yetib kelishi ham shu bilan bog‘liq. Bu inshootlar keyingi davrlarda qayta ta’mirlangan, tiklangan va asrab kelingan. Shu sababli Samarqand va Buxoro kabi shaharlar o‘rta asrlarda ham madaniy va sayohat markazi hisoblangan. Bu haqda o‘sha davrda bu hududlarga tashrif buyurgan sayyohlar, olimlar va harbiylar o‘z xotiralarida yozib qoldirishgan.

Samarqand Registoni — asrlar davomida shakllangan me’moriy va ma’naviy meros namunasi

XVI–XVII asrlarda Samarqand tarixi yangi bosqichga kirgan. Xususan, Ashtarxoniylar davrida shahar rasman Buxoro xonligi tarkibida bo‘lgan bo‘lsa-da, amalda mustaqil boshqarilgan. Bu davrda Samarqand hokimi va otaliq sifatida faoliyat yuritgan Bahodir Yalangto‘sh shahar hayotida hal qiluvchi o‘zgarishlarni amalga oshiradi.

Uning maqsadi Samarqandni faqat saqlab qolish emas, balki uni yanada go‘zal va ma’naviy markazga aylantirish bo‘lgan. Ana shu siyosat natijasida shaharning markaziy qismi — Registon maydoni qayta shakllanadi.

Ma’lumki, Registon hududida Temuriylar davrida Mirzo Ulug‘bek tomonidan madrasa va masjid bunyod etilgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan masjid xarob ahvolga kelib qoladi, atrofdagi boshqa inshootlar yo‘qoladi, hudud bozor sifatida foydalanila boshlaydi.

Shu tarixiy sharoitda Bahodir Yalangto‘sh bu yerda katta jome masjid va madrasa qurishga qaror qiladi. Natijada Sherdor va Tillakori madrasalari bunyod etilib, Registon yaxlit majmua ko‘rinishini oladi. Tillakori masjidining gumbazi tilla suvi bilan bezalgani esa inshootga alohida ahamiyat baxsh etgan.

Bugun aynan shu majmua Samarqandning ramziga aylangan va dunyoning turli burchaklaridan kelgan sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda Registon majmuasi o‘z joyida saqlanib qolgan. Shunga qaramay, uning maketini muzey ekspozitsiyasida namoyish etish muhim ahamiyat kasb etadi. Maket orqali tashrif buyuruvchilar shahar qanday qarorlar asosida shakllanganini, majmua qanday bosqichlarda vujudga kelganini qisqa vaqt ichida anglab olish imkoniga ega bo‘ladi.

Shu bois O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasining Xonliklar bo‘limida XVI–XIX asrlar Turkiston qismi doirasida Registon majmuasi maketini joylashtirish rejalashtirilgan. Bu yechim mehmonlarda Samarqandga borib, ushbu tarixiy obidani o‘z ko‘zi bilan ko‘rish istagini yanada kuchaytiradi.

Dilnoza Jamalova, tarix fanlari doktori, professor:

Ashtarxoniylar davrida, ayniqsa Bahodir Yalangto‘sh faoliyatida bunyodkorlik davlat siyosati darajasida olib borilgan. Registon majmuasi shaharni ma’naviy va ma’rifiy markaz sifatida qayta shakllantirishga qaratilgan aniq qarorlar natijasidir.

Bahodir Yalangto‘sh amalga oshirgan ishlar Ashtarxoniylar davrida shaharsozlikka qanchalik katta e’tibor berilganini ko‘rsatadi. Registon majmuasi esa bu siyosatning eng aniq va bardavom natijasi sifatida bugun ham jahon e’tiborida.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mazkur tarixiy jarayonlarni sodda, aniq va tushunarli shaklda taqdim etib, xonliklar davrini faqat o‘tmish emas, balki shaharsozlik tajribasi sifatida anglash imkonini bermoqda.

Go'zal Beknazarova

P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan ko‘chirib e’lon qilish mumkin

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14828
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar