Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Qadimiy bitimdan raqamli platformagacha: Ozarbayjon delegatsiyasi ekspozitsiyadagi uzviylikdan hayratlandi

14.02.2026, 09:14932
Qadimiy bitimdan raqamli platformagacha: Ozarbayjon delegatsiyasi ekspozitsiyadagi uzviylikdan hayratlandi

Ozarbayjonning Oziq-ovqat xavfsizligi agentligi va Karantin agentligi vakillaridan iborat delegatsiyasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyalari bilan tanishib, uning interaktiv va ta’limiy yechimlarini alohida e’tirof etdi.

Mehmonlar fikricha, mazkur markaz nafaqat tarixiy merosni namoyish etadi, balki zamonaviy texnologiyalar orqali tashrif buyuruvchilarni faol muloqot va bilim olish jarayoniga jalb etadi.

Tashrif davomida mehmonlar markazdagi interaktiv va tarixiy ekspozitsiyalarga alohida qiziqish bildirishdi. Islomdan avvalgi davr bo‘limi ekspozitsiyasida joylashtirilgan shaxmat o‘yinlari ularning e’tiborini tortdi. Maxsus doska orqali turli murakkablik darajalarida shaxmat o‘ynab ko‘rish imkoniyati yoshlar va keng jamoatchilikni muzeyga jalb etishda samarali usul sifatida baholandi.

“Islomdan avvalgi davr” bo‘limining Baqtriya sivilizatsiyasi qismida esa o‘sha davrga oid kelishuv hujjati — qadimiy bitim namunasi delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Mehmonlar bunday tarixiy hujjatning saqlanib qolgani va ommaga namoyish etilayotgani o‘sha davr huquqiy va ijtimoiy munosabatlari haqida muhim tasavvur berishini ta’kidladilar. Shuningdek, Sug‘d matolari kolleksiyasi, ularning nafis naqshlari va to‘qimachilik san’atining yuksak darajasi ham alohida e’tirof etildi.

“Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori” bo‘limidagi tabobat, ilm-ma’rifat, adabiyot, hadisshunoslik va xattotlikka oid interaktiv dasturlar delegatsiya a’zolarini faol ishtirok etishga undadi. Ushbu yondashuv har bir tashrif buyuruvchiga shaxsiy taassurot va bilim olish imkoniyatini yaratishi, markazning ta’limiy ahamiyatini yanada oshirishi qayd etildi.

“Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” bo‘limida davlat rahbari yoki tegishli tashkilotlarga bevosita murojaat yo‘llash imkonini beruvchi interaktiv platforma delegatsiya tomonidan yuqori baholandi. Mehmonlar bu kabi ochiq muloqot formati muzey faoliyatining zamonaviy va fuqarolarga yo‘naltirilgan yondashuvini namoyon etishini ta’kidlashdi.

Tamilla Aliyeva, Ozarbayjon oziq-ovqat xavfsizligi agentligi vakili:

Men juda ko‘p mamlakatlarda bo‘lganman va deyarli har bir davlatda muzeylarga tashrif buyuraman. Lekin bugun bu yerda ko‘rganlarim kutganimdan ham ortiq bo‘ldi. Bu ajoyib muzey, juda puxta o‘ylangan. Qo‘l mehnati bilan yaratilgan qadimiy buyumlar, eksponatlarning tanlanishi hayratlanarli. Hatto so‘z bilan ifodalash qiyin — bu shunchaki muhtasham. Bizning xalqlarimiz tarixan qadimiy xalqlar. Biz o‘z madaniyatimizni saqlab, uni kelajak avlodlarga yetkazishimiz kerak.

Delegatsiya a’zolari fikricha, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tarixiy merosni zamonaviy formatda taqdim etish va yosh avlodni madaniy qadriyatlarga jalb qilish borasida ilg‘or tajriba namunasidir.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14827
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar