Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Markaz mintaqaning mushtarak xotirasini jamlagani e’tirof etildi

14.02.2026, 15:44967
Markaz mintaqaning mushtarak xotirasini jamlagani e’tirof etildi

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari energetika vazirliklari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga tashrif doirasida Markaz ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdi.

“Biz do‘st va qardosh xalqlarmiz, tariximiz mushtarak” — Qozog‘iston va Qirg‘iziston, Tojikiston energetika vazirlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifidan so‘ng shunday fikr bildirdi. Mehmonlar Markazni Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak tarixiy xotirasini mujassam etgan zamonaviy ilmiy-ma’rifiy majmua sifatida e’tirof etdilar.

Mehmonlar ayniqsa qadimiy suv inshootlari, Renessans davrlariga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar va “Davlatchilikning besh ustuni” konsepsiyasi orqali tarix va bugun o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yuqori baholadilar.

Islomdan oldingi davr bo‘limidagi Xorazm ekspozitsiyasida namoyish etilgan qadimiy suv inshootlari va murakkab irrigatsiya tizimlari delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ular ming yillar avval mintaqada suv resurslarini boshqarish yuksak darajada shakllanganini, gidrotexnika madaniyati esa taraqqiyotning muhim omili bo‘lganini qayd etdilar. Maketlar va rekonstruksiya qilingan vizual yechimlar orqali qadimgi muhandislik tafakkuri tushunarli va ta’sirchan tarzda namoyon etilgani alohida ta’kidlandi.

Birinchi Renessans davri bo‘limida Imom Buxoriyga bag‘ishlangan kapsula va Samarqandda barpo etilgan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining maketi mehmonlar diqqat markazida bo‘ldi. Buyuk allomaning ilmiy merosi zamonaviy texnologiyalar orqali taqdim etilgani yuksak baholandi.

Ikkinchi Renessans davri bo‘limida Shahrisabzdagi Oqsaroy maketi, Temuriylar davri me’morchiligi va davlatchilik an’analari mukammal kompozitsiya asosida namoyon etilgani delegatsiyada chuqur taassurot qoldirdi.

Delegatsiya a’zolarining fikricha, “Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” bo‘limidagi “Davlatchilikning besh ustuni” ekspozitsiyasida esa tarixiy meros va zamonaviy taraqqiyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yaqqol namoyon etilgan. Interaktiv va izchil xronologik taqdimot uslubi Markazni oddiy muzey emas, balki tarixni anglash va his etish mumkin bo‘lgan zamonaviy ma’rifiy maydonga aylantirgani qayd etildi.

Taalaybek Ibrayev, Qirg‘iziston Respublikasi energetika vaziri:

Bu yerda tarix yaxlit va chinakam aks ettirilgan. Bu markaz bolalarimiz va nabiralarimiz uchun muhim ma’naviy manba. Prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu tashabbus uchun minnatdorlik bildiraman. Bu loyiha nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa uchun ahamiyatli.

Erlan Akkenjenov, Qozog‘iston Respublikasi energetika vaziri:

O‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi bo‘lmaydi. Men bu yerda o‘zim uchun ko‘plab yangi bilimlar va tarixiy faktlarni kashf qildim. Ayniqsa, Qur’onlar kolleksiyasi meni alohida hayratlantirdi. Bundan tashqari, Qozog‘iston hududiga oid ayrim me’moriy obidalar namoyish etilganini ko‘rish men uchun quvonchli bo‘ldi. Bu markaz faqat bir mamlakat tarixini emas, balki butun Markaziy Osiyo sivilizatsiyasini yagona tarixiy makon sifatida namoyon etadi. Biz do‘st va qardosh xalqlarmiz, tariximiz mushtarak. Uni umumiy tarix prizmasida yoritish kelajak avlod uchun nihoyatda muhim, deb hisoblayman. Eng muhimi, bu yerda tarixni shunchaki tomosha qilmaysiz — uni his qilasiz.

Tashrif yakunida delegatsiya a’zolari Markazni mintaqaviy tarixni anglashga xizmat qiladigan muhim ilmiy-ma’rifiy markaz sifatida baholadilar. Ularning fikricha, mazkur maskan Markaziy Osiyo xalqlarining umumiy ildizlari va mushtarak qadriyatlarini bir maydonda mujassam etgan noyob tarixiy platforma hisoblanadi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14827
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar