Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

AQSH lik ekspert barchani O‘zbekistonga taklif qildi

14.02.2026, 16:591059
AQSH lik ekspert barchani O‘zbekistonga taklif qildi

“Bu men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi” — AQSHning Massachusets texnologiya instituti qoshidagi Kuo Sharper markazi ijrochi direktori Dina Sharif O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifidan so‘ng shunday baho berdi. Delegatsiya markaz ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, islom sivilizatsiyasining ilm-fan va texnologiya rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi zamonaviy muzey yechimlari orqali namoyon etilganini alohida e’tirof etdi.

Mehmonlar fikricha, bu yerda tarix nafaqat namoyish etiladi, balki sun’iy intellekt va interaktiv texnologiyalar orqali “jonlantiriladi”.

Tashrif davomida mehmonlar har bir bo‘lim va ekspozitsiyani sinchiklab ko‘zdan kechirib, gidlar tomonidan berilgan atroflicha ma’lumotlarni katta qiziqish bilan tingladilar. Delegatsiya a’zolarining deyarli har bir eksponat yuzasidan savollar bergani ularning tarix va madaniy merosga bo‘lgan yuqori qiziqishidan dalolat, deyish mumkin.

Ayniqsa, “Islomdan avvalgi davr” bo‘limidagi Baqtriya sivilizatsiyasiga oid va xalqaro auksion uylaridan xarid qilingan tilla zargarlik buyumlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Noyob namunadagi ushbu buyumlarning nafis ishlanishi, badiiy mukammalligi va tarixiy qiymati alohida e’tirof etildi.

Qadimgi savdo yo‘llari orqali tashqi bozorlarga eksport qilingan mahsulotlarni interaktiv ekranlar yordamida jonlantirib ko‘rish imkoniyati ham delegatsiya e’tiborini tortdi. Qadimgi savdo yo‘llari va ularning iqtisodiy ahamiyati haqidagi ma’lumotlar O‘zbekistonning qadimiy savdo an’analari haqida chuqur tasavvur hosil qildi. Sug‘d kiyimlarini sun’iy intellekt asosida virtual “kiyib ko‘rish” imkoniyati esa yanada qiziqtirib qo‘ydi.

Birinchi Renessans davri bo‘limida namoyish etilgan IX–XIII asrlarga oid Saljuqiylar davri zargarlik buyumlari to‘plami mehmonlarni befarq qoldirmadi. Naqshlarning murakkabligi va qo‘l mehnati bilan yaratilganligi alohida ta’kidlandi.

Bayt ul-Hikma maketi va u haqdagi ma’lumotlar ham e’tibor markazida bo‘ldi. Xususan, ushbu ilmiy markazga bir muddat Muhammad al-Xorazmiy rahbarlik qilgani haqidagi ma’lumotlarni qiziqish bilan tingladilar.

Ikkinchi Renessans davri bo‘limida Alisher Navoiyning “Xamsa” asarlari, Temuriy malikalar hayoti va o‘zbek so‘zanalaridagi ramziy naqshlar haqidagi ma’lumotlar yuzasidan ko‘plab savollar berildi.

“Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori” bo‘limida Humo qushi timsoli — baxt, ezgulik va yuksalish ramzi sifatida talqin qilingan ekspozitsiya mehmonlarda alohida taassurot qoldirdi.

Dina Sharif, Massachusets texnologiya instituti qoshidagi Kuo Sharper markazi ijrochi direktori:

Men Harvard universitetida yetakchilik va innovatsiyalar bo‘yicha dars beraman. Darslarimda islom sivilizatsiyasining zamonaviy ilm-fan va texnologiyaga qo‘shgan ulkan hissasini alohida ta’kidlayman.

Bu yerda O‘zbekistonda yaratilgan merosni bir joyda ko‘rish va uning shunchalik chiroyli tarzda namoyish etilishi men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi. Texnologiya va sun’iy intellekt yordamida tarixni jonlantirish hayratlanarli.

Barchani O‘zbekistonga kelishga va ushbu muzeyni ko‘rishga chaqirgan bo‘lardim. Prezidentning bu markazni barpo etishdagi roli nihoyatda muhim. U o‘tmish va bugunni uyg‘unlashtirib, xalq uchun porloq kelajak sari yo‘l ochishni istagan, deb o‘ylayman.

Delegatsiya a’zolari fikricha, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tarixiy merosni zamonaviy texnologiyalar orqali jahon hamjamiyatiga taqdim etishda ilg‘or namuna bo‘lib, ilm-fan va madaniyat uyg‘unligining yorqin ifodasidir.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14827
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar