

Yangiliklar
“Bu yerdagi boyliklarni anglash uchun haftalar kerak!” — Britaniya lordi Markazdan hayratda
O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Buyuk Britaniya Bosh vazirining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha maxsus savdo vakili lord Jon Alderdays Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Martabali mehmon markaz ekspozitsiyalari bilan tanishar ekan, bu maskanni “nafaqat dunyo musulmonlari, balki butun insoniyat uchun bebaho ahamiyatga ega” deb atadi.
Tashrif davomida mehmonni Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov kutib oldi. Delegatsiya “Shon-sharaf zali”, islomdan avvalgi davr, Birinchi va Ikkinchi Renessans, Buyuk Ipak yo‘li tarixi hamda nodir qo‘lyozmalar bilan yaqindan tanishdi. Zamonaviy multimedia va sun’iy intellekt asosida yaratilgan interaktiv yechimlar tarixni jonli va ta’sirchan tarzda namoyon etayotgani alohida e’tirof etildi.
Lord Alderdays ayrim artefaktlar Buyuk Britaniya muzeylaridan keltirilgani va ularning o‘z vataniga qaytganidan ruhlanganini ta’kidladi. Uning fikricha, Markaz islom sivilizatsiyasining ilm-fan, madaniyat va tinchlikka qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etadigan muhim xalqaro platforma hisoblanadi.
“G‘arbda ko‘pchilik Islom madaniyati va tafakkurining qanchalik chuqur ekanini yetarlicha anglamagan. Bu markaz ana shu boyliklarni ochib beradi. Bu yerdagi bilim va qadriyatlarni to‘liq anglash uchun bir necha hafta kerak bo‘ladi”, — dedi lord Alderdays.
Tashrif yakunida Markaz tomonidan mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Britaniya vakilining bayonoti Markazning jahon miqyosidagi nufuzi ortib borayotganini va uning global intellektual maydon sifatidagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.





