Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Yo‘qolgan me’moriy mo‘jiza – Oqsaroy ilmiy asosda tiklandi

17.02.2026, 14:051205
Yo‘qolgan me’moriy mo‘jiza – Oqsaroy ilmiy asosda tiklandi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining Ikkinchi Renessans davri bo‘limida namoyish etilayotgan Oqsaroy, Dorus-Saodat va Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi maketlari temuriylar davri arxitekturasini yagona konseptual manzara sifatida ochib beradi.

Markaziy Osiyoda XIV–XV asrlarda qurilgan inshootlar faqat arxitektura namunasi emas, balki hukmdor irodasi, mafkuraviy barqarorlik va madaniy markazlashuv ifodasiga aylandi.

Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining Ikkinchi Renessans davri bo‘limi ekspozitsiyasida namoyish etilayotgan Oqsaroy, Dorus-Saodat va Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi maketlari ana shu davr me’moriy tafakkurini yaxlit manzara sifatida ochib beradi. Ularning tanlanishi tasodifiy emas — mazkur yodgorliklar temuriylar davri arxitekturasining uch muhim ustuni: hokimiyat ramzi, sulolaviy muqaddaslik va ruhiy tayanchni ifoda etadi.

Oqsaroy — saltanat qudrati timsoli

Oqsaroy qurilishi 1379-yilda boshlangan bo‘lib, u Amir Temurning Shahrisabzdagi asosiy qarorgohi sifatida barpo etilgan. Sohibqironning tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiy ta’biri bilan aytganda, “unga o‘xshashi dunyoda yo‘q” inshoot.

Bugun saroyning faqat 50 metr balandlikdagi asosiy peshtoq ustunlari saqlanib qolgan bo‘lsa-da, ularning o‘ziyoq uning beqiyos miqyosini namoyon etadi. Manbalarda qayd etilishicha, ushbu ustunlar orasiga 22 metrli ulkan ravoq tashlangan bo‘lib, bunday o‘lcham ushbu inshoot qurilishigacha musulmon me’morchiligida tarixda ilgari kuzatilmagan.

Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo 1404-yilda saroyni ko‘rib, uning baland eshiklari, turli ranglarda sirlangan g‘ishtlari va ulkan hovlisi haqida hayrat bilan yozgan. U saroyga kirish oltin bilan bezatilgan eshiklar orqali amalga oshirilganini ta’kidlaydi.

Markaz ekspozitsiyasida mazkur me’moriy yodgorlikning maketi yaratilishining asosiy sababi — bugun inshootning katta qismi yo‘qolgan. Maketda esa saroyning asl kompozitsion yaxlitligini ilmiy rekonstruksiya asosida tiklanib, tashrif buyuruvchida uning real ko‘lamini tasavvur qilish imkonini beradi.

Dorus-Saodat — sulolaviy xotira me’morchiligi

Oqsaroy bilan bir vaqtda Shahrisabzda XIV–XV asrlar Temuriylar sulolaviy maqbarasi sifatida Dorus-Saodat ansambli barpo etilgan. Majmua Amir Temurning to‘ng‘ich o‘g‘li Jahongir Mirzo xotirasiga bag‘ishlangan. Keyinchalik u sulolaviy dafn maskaniga aylangan.

Ansamblning g‘arbiy qismida Dorut-Tilovat majmuasi joylashgan bo‘lib, uning markaziy yadrosi Ko‘k-Gumbaz masjidi, Shamsiddin Kulol va Gumbazi-Sayidon maqbaralari qarama-qarshi joylashgan keng hovlidan iborat.

Ko‘k-Gumbaz masjidi 1435-yilda Ulug‘bek tomonidan otasi Shohrux nomidan qurdirilgan. U shahar jome masjidi vazifasini bajargan. Gumbazi-Sayidon ichida XV–XVII asrlarga oid Termiz sayyidlariga tegishli marmar qabr toshlari saqlangan. Ichki devor bezagi oq fonda ko‘k naqshlar bilan ishlangan bo‘lib, geometrik ko‘pqirrali va yulduzsimon shakllar o‘simliksimon ornament bilan boyitilgan.

Dorus-Saodat maketi tanlanishining ahamiyati shundaki, u temuriylar davlat mafkurasida avlodlar davomiyligi va muqaddas xotira g‘oyasini aks ettiradi. Bu yerda me’morchilik faqat qurilish emas, balki sulolaviy legitimlikni mustahkamlash vositasiga aylangan.

Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi — ruhiy poydevor

1398-yilda Amir Temur Turkistonda shayx Xoja Ahmad Yassaviy dafn etilgan joyda ulkan maqbara qurdirishni boshlaydi. Yassaviy (1093–1166) turkiy ko‘chmanchi xalqlar orasida islomni tarqatgan nufuzli so‘fiy mutafakkir edi. Bu qurilish Temur davlatining shimoliy hududlarida siyosiy va ma’naviy tayanchni mustahkamlashga xizmat qilgan.

Maqbaraning ulkan peshtoqi orqali markaziy “Qozonlik” zaliga kiriladi. Bu yerda 1399 yilda quyilgan ulkan bronza qozon joylashgan bo‘lib, u darvishlar marosimida muqaddas suv saqlash uchun ishlatilgan. Qozon Tabriz ustalari tomonidan yasalgani qayd etilgan.

Markaziy zal ortida shayx qabri joylashgan bo‘lib, undan keyin mehrobli masjid, hujralar, kutubxona va ziyoratchilar uchun xonalar mavjud. Mehrob bezagida ko‘k va oq rang uyg‘unligi, nafis kalligrafik yozuvlar ajralib turadi. Yozuvlarda eronlik ustalar Xoja Hasan va Shams Abdul Vahob Sheroziy nomlari saqlangan.

Mazkur maketning ahamiyati shundaki, u temuriylar me’morchiligida tasavvuf va davlatchilik g‘oyasi uyg‘unlashganini namoyon etadi. Inshoot miqyosi va murakkab rejasi bilan Markaziy Osiyodagi eng yirik sakral majmualardan biri hisoblanadi.

Oqsaroy, Dorus-Saodat va Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi Ikkinchi Renessans davrida temuriylar me’moriy tafakkurining turli qirralarini ochib beradi.

  • Oqsaroy — markazlashgan hokimiyat va saltanat dabdabasi;
  • Dorus-Saodat — sulolaviy muqaddaslik va avlodlar xotirasi;
  • Yassaviy maqbarasi — ruhiy qudrat va tasavvufiy meros timsoli.

Islom sivilizatsiyasi markazida ushbu yodgorliklar maketlarining namoyishi temuriylar davri arxitekturasini yagona konseptual makonda jamlab, Ikkinchi Renessansning me’moriy qiyofasini zamonaviy talqinda ifodalaydi. Ular orqali tomoshabin XIV–XV asrlar madaniy muhitini yaxlit holda tasavvur qilishi, davlatchilik, ruhiyat va san’at uyg‘unligini anglashi mumkin.

Laylo Abduqaxxorova

P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan ko‘chirib e’lon qilish mumkin

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14829
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12223
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9950
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7980
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar