
Yangiliklar
Shvetsiya delegatsiyasi ekspozitsiyada muhim tarixiy dalilga guvoh bo‘ldi
XIV asrda Markaziy Osiyodan Yevropaga yo‘l olgan diplomatik murojaat bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsya markazidagi aynan shu ekspozitsiya Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligining Yevro-Atlantika va xavfsizlik siyosati departamenti Bosh direktori Torbyorn Solstryom boshchiligidagi delegatsiyani alohida hayratga soldi.
Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif doirasida Markazning uchta zali bilan yaqindan tanishdi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Ikkinchi Renessans zalida namoyish etilgan Amir Temurning Fransiya qiroli Karl VI ga yo‘llagan maktubi va qirolning javob xati delegatsiya a’zolarining e’tiborini tortdi.
Torbyorn Solstryom, Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi departament bosh direktori:
— Bu maktub Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalar ancha chuqur va qadimiy ekanini ko‘rsatadi. Men uchun bu juda qiziq va muhim tarixiy dalil bo‘ldi. Bu faqat o‘tmish haqida emas — bugungi munosabatlar uchun ham muhim asosdir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ekspozitsiyaning zamonaviy texnologiyalar orqali taqdim etilgani tarixiy mazmunni yanada ta’sirchan qilgan.“Shon-sharaf” zalidagi zamonaviy monitorlar, raqamli namoyish vositalari va multimedia yechimlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ekspozitsiyaning vizual va texnologik jihatdan puxta ishlangani alohida e’tirof etildi.“Islomdan avvalgi davr” bo‘limidagi Buyuk Ipak yo‘li ekspozitsiyasi sivilizatsiyalar o‘rtasidagi aloqalarni mantiqiy va ta’sirchan tarzda ochib berib, delegatsiya a’zolarida alohida taassurot qoldirdi.
Birinchi Renessans davri bo‘limida namoyish etilgan Ahmad Farg‘oniyning Nilometri ham mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ilmiy merosning zamonaviy formatda taqdim etilishi Markazda tarix va innovatsion yondashuv uyg‘unlashganini yaqqol namoyon etdi.
Delegatsiya a’zolari Markaz ekspozitsiyalarida sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanilganini ta’kidlab, bunday yondashuv xalqaro auditoriya uchun ham tushunarli va ta’sirchan ekanini qayd etdilar.Shvetsiya delegatsiyasining ushbu tashrifi Markaz ekspozitsiyalarining xalqaro miqyosda ham yuqori baholanayotganini yana bir bor tasdiqladi.
Eng ko‘p o‘qilganlar

Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.


