Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Ekspozitsiyada bugungi tibbiyotning tarixiy muhim manbalaridan biri qayta kashf etildi

18.02.2026, 18:181155

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ikkinchi Renessans ekspozitsiyasining muhim bir qismini tashkil etgan Temuriylar davri tibbiyotiga oid qo‘lyozmalar va manbalardan biri — Najibuddin Abu Homid Muhammad as-Samarqandiyning "Al-asbob va-l-alomat" asariga yozilgan Burhoniddin Kirmoniyning "Sharh ul-asbob va-l-alomat" sharhining asl nusxasi namoyish etmoqda. Bu asar nafaqat tibbiyot ilmiga oid muhim ma’lumotlarni taqdim etmoqda, balki Temuriylar davrining tibbiy an’analarini bugungi kunda qayta tiklashga xizmat qilmoqda.

XV asrda, Samarqand Sharq dunyosining muhim ilm-fan va ma’naviyat markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda Temuriylar hukmronligida ilmu fanga katta e’tibor berilib, olimlar uchun qulay ilmiy muhit yaratildi. Xususan, Mirzo Ulug‘bek hukmronligi yillarida shahar astronomiya va matematika bilan bir qatorda, tabobat ilmi rivoj topgan. Samarqandda turli Sharq mamlakatlaridan kelgan olimlar mahalliy allomalar bilan hamkorlik qilib, ilmiy muloqot olib borganlar.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Ikkinchi Renessans ekspozitsiyasida Najibuddin Abu Homid Muhammad as-Samarqandiyning "Al-asbob va-l-alomat" asariga yozilgan Burhoniddin Kirmoniyning "Sharh ul-asbob va-l-alomat" nomli sharhining XVII asr oxirida ko‘chirilgan asl nusxasi namoyish etilmoqda. Bu sharh 1424-yilda yozilgan va Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlangan. Ushbu qo‘lyozma Temuriylar davri tibbiy tafakkurini aks ettiruvchi muhim manba hisoblanadi.

Faxriddin Ibragimov, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori:

Ikkinchi Renessans davri ekspozitsiyasida Kirmoniy ilmiy merosining tanlanishi, avvalo, Temuriylar davrida, xususan Mirzo Ulug‘bek zamonida tabobatga katta e’tibor qaratilganini tarixiy manbalar orqali ko‘rsatish maqsadini ko‘zlaydi. Shuningdek, tibbiyot ilmi Ibn Sino bilan cheklanib qolmaganini, uning ilmiy an’analari keyingi davrlarda ham rivojlanganini namoyon etish muhim edi.

Burhoniddin Kirmoniy asli Eronning Kirmon shahrida tug‘ilgan. U dastlabki ta’limni vatanida olgan, keyinchalik Samarqandga kelib, bu yerda ilmiy va amaliy tabobat bilan shug‘ullangan. Kirmoniy, Ibn Sinoning ilmiy an’analariga tayangan holda, Samarqand tibbiy maktabining yirik vakili sifatida tibbiy tadqiqotlar olib borgan. U Najibuddin Samarqandiyning "Al-asbob va-l-alomat" asarini chuqur o‘rgangan va uning mazmunini amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan.
Qo‘lyozmaning mazmunida kasalliklarning kelib chiqish sabablari, klinik alomatlari va davolash usullari izchil tarzda bayon etilgan.

Bundan tashqari, muallifning nazariy bilimlari amaliyot bilan uyg‘unlashgan holda yoritilgan. Sharh ul-asbob va-l-alomat asari orqali Temuriylar davri tibbiyotining nazariy va amaliy yo‘nalishlari haqidagi qimmatli ma’lumotlar to‘planmoqda.
Bu qo‘lyozmaning ekspozitsiyada namoyish etilishi Temuriylar davrining tibbiy tafakkuri va san’atga bo‘lgan katta e’tiborini zamonaviy tomoshabinga yaqin va tushunarli tarzda yetkazishga imkon yaratadi. Hozirda “Sharh ul-asbob va-l-alomat” asarining nusxalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondlarida, shuningdek, Turkiya va boshqa mamlakatlar kutubxonalarida saqlanmoqda.
Najibuddin Samarqandiy va Burhoniddin Kirmoniy ilmiy merosi Samarqand tibbiy maktabining uzluksizligini va Ibn Sino asos solgan tabobat an’analari Temuriylar davrida qanday davom etganini ochib beradi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ushbu sharhning namoyish etilishi o‘sha davr ilmiy tafakkurini bugungi o‘quvchiga yaqin va tushunarli tarzda yetkazadi.

Go‘zal Beknazarova

P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan ko‘chirib e’lon qilish mumkin

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14828
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9950
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7980
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar