Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Buyuk sivilizatsiya ohangi interaktiv ekspozitsiyada yangraydi

20.02.2026, 15:181393

To‘rt ming yillik doira. XIV asrlarda tilga olingan dutor. Forobiy va Ibn Sino asarlarida qayd etilgan tanbur va nay. Bu oddiy cholg‘ular emas — ular xalqning tarixiy xotirasi. Bugun ushbu meros yangi avlodga interaktiv tarzda taqdim etilmoqda.

O‘zbek xalqining ko‘p asrlik musiqa madaniyati milliy cholg‘u asboblarida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Har bir cholg‘u xalqning tarixiy xotirasi, estetik qarashlari va ruhiy olamining aksidir. Bugun ushbu bebaho meros O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida zamonaviy ekspozitsiya yondashuvlari orqali keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda.

O‘zbek musiqa an’analarida alohida o‘rin egallagan dutor ijrochiligi Xorazm, Samarqand–Buxoro, Qashqadaryo–Surxondaryo va Farg‘ona–Toshkent kabi to‘rt mahalliy uslubga bo‘linadi.
Tarixiy manbalarda dutor XIV–XV asrlardan boshlab tilga olinadi.

Doira Markaziy Osiyo xalqlarining musiqiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Saymalitosh arxeologik yodgorliklarida uchraydigan tasvirlar bu cholg‘uning kamida to‘rt ming yillik tarixga ega ekanini ko‘rsatadi.

Tanbur o‘zbek mumtoz musiqasining eng yetuk va falsafiy cholg‘ularidan biridir. Forscha kelib chiqishga ega bu so‘z “tovush chiqaruvchi asbob” ma’nosini anglatadi. 
O‘rta asrlarda Sharq musiqa nazariyotchilari, xususan, Forobiy, Ibn Sino, Safiyuddin Urmaviy asarlarida tanbur haqida ilk yozma ma’lumotlar uchraydi. 
Ayniqsa, Shashmaqom cholg‘u va ashula yo‘llarining ijrosida falsafiy va chuqur badiiy obrazlarni ifoda qilishda yetakchi vosita bo‘lgan.

Rubob - torli, mediator bilan chertib chalinadigan cholg‘u bo‘lib, Sharq xalqlarida keng tarqalgan. O‘zbekistonda asosan afg‘on (Buxoro) rubobi mashhur. 
XVI asr miniatyuralarida rubob tasvirlarining uchrashi bu cholg‘uning o‘sha davr madaniy hayotidagi muhim o‘rnidan dalolat beradi. Bugungi kunda rubob maqom ijrochiligida doimiy hamroh soz sifatida qo‘llaniladi.

G‘ijjak torli-kamonli cholg‘u bo‘lib, qadimda qovoq va kokosdan yasalgan bo‘lsa, hozirda asosan tut va yong‘oq yog‘ochidan tayyorlanadi.
Tarixiy rivoyatlarga ko‘ra, g‘ijjak takomillashuvida Forobiy, Ibn Sino va Qulmuhammad Udiylarning hissasi katta bo‘lgan. Bugungi kunda Xorazm, Buxoro, Toshkent va Farg‘ona maktablari g‘ijjak ijrochiligining yetuk an’analarini davom ettirmoqda.

Nay maqom va xalq musiqasida yetakchi o‘rin egallaydi. Uning cho‘pon nay, yog‘och nay, mis nay kabi turlari mavjud. Nayning tovushi inson nafasiga uyg‘un bo‘lgani bois, u musiqada ichki kechinmalarni nozik ifodalash imkonini beradi.
Forobiy va Ibn Sino asarlarida nayning musiqa nazariyasidagi o‘rni alohida ta’kidlangan.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori” bo‘limi ekspozitsiyasida esa milliy musiqa asboblari ana shu tarixiy asoslarga tayangan holda interaktiv tarzda namoyish etilmoqda. Har bir cholg‘u yonida tashrif buyuruvchilar unga xos kuylarni tinglashi, sozlarning yakkanavoz va ansamblь ijrosidagi uyg‘unligini his etishi mumkin. 

Masharif Abdullayev, San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori:

Keyingi yillarda xalq amaliy san’atini milliy qadriyatlarimiz timsoli sifatida rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Bu borada muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qator qarorlar hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash, ustalar faoliyatini rag‘batlantirish va yosh avlodni an’anaviy kasblarga jalb etishga xizmat qilmoqda. Respublikamizda keyingi sakkiz yil davomida madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni yoritish vazifasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan yettita milliy musiqa asbobini interaktiv shaklda namoyish etish rejalashtirilgan. Ushbu asboblar bugungi kunda barcha musiqa va san’at maktablarida o‘qitilmoqda. Maxsus eshitish moslamalari orqali tomoshabin ijro etilgan kuyni eshitishi mumkin. Shuningdek, yetti cholg‘u ansambli ijrosini eshittiruvchi maxsus uskuna ham ishlab chiqilmoqda.


Bu ekspozitsiya milliy musiqa merosining nafaqat tarixiy, balki bugungi va kelajak avlodlar uchun ham dolzarb ekanini yaqqol namoyon etadi.

Shahnoza Rahmonova
P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan ko‘chirib e’lon qilish mumkin

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14829
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12223
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9951
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7980
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar