Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Buyuk Ipak yo‘lining rangli solnomasi: Afrosiyob freskalari orqali o‘tmishga interaktiv sayohat qilish mumkin

21.02.2026, 20:051292

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasining Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari bo‘limida namoyish etilayotgan Afrosiyob freskalari insoniyat tarixidagi eng noyob badiiy va madaniy meros namunalaridan biri hisoblanadi. Ushbu devoriy suratlar nafaqat qadimgi Samarqandning yuksak madaniy hayotini, balki butun Markaziy Osiyoning xalqaro aloqalar markazi sifatidagi o‘rnini ham yaqqol namoyon etadi. Ekspozitsiyada ularning zamonaviy ilmiy va vizual texnologiyalar asosida taqdim etilishi islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalar tarixi, san’ati va dunyoqarashini chuqur anglash imkonini yaratadi.

Afrosiyob freskalari Samarqandning eng qadimgi qismi hisoblangan Afrosiyob arxeologik yodgorligi hududidan topilgan bo‘lib, VII asrga mansubdir. Arxeologik qazishmalar davomida bu yerdan ko‘plab noyob tarixiy topilmalar aniqlangan. Freskalar Samarqandda hukmronlik qilgan ixshidlar sulolasi davrida barpo etilgan saroy devorlarini bezab turgan.

Qadimdan Samarqand Buyuk Ipak yo‘lining eng muhim nuqtalaridan biri bo‘lgan. Bu shahar orqali Xitoy, Eron, Hindiston, Vizantiya va boshqa davlatlar bilan savdo, diplomatik va madaniy aloqalar amalga oshirilgan. Sug‘d savdogarlari esa bu jarayonda asosiy vositachilardan biri sifatida faoliyat yuritgan. IV asrdan boshlab sug‘d tili Markaziy Osiyo va Ipak yo‘lining ko‘plab hududlarida xalqaro muloqot tili vazifasini bajargan.

Afrosiyob freskalari ana shu ko‘p millatli va ko‘p madaniyatli muhitning badiiy ifodasidir. Ular Samarqandning xalqaro siyosiy va madaniy markaz sifatidagi o‘rnini yorqin aks ettiradi. Freskalar to‘rt devor bo‘ylab joylashgan bo‘lib, har biri alohida tarixiy voqelikni tasvirlaydi.
Shimoliy devorda Xitoydan kelgan elchilar, qizil libosdagi ayollar va ov sahnalari aks etgan. Bu tasvirlar Samarqandning Xitoy bilan diplomatik va madaniy munosabatlarini ko‘rsatadi. Janubiy devorda turli mamlakatlardan kelgan elchilar, saroy marosimlari va ehtimol Navro‘z bayrami bilan bog‘liq sahnalar tasvirlangan bo‘lib, bu davlatchilik an’analari va bayram madaniyati haqida muhim ma’lumot beradi. Sharqiy devorda ellin va hind madaniyatiga mansub shaxslar, hayvonlar va ramziy kompozitsiyalar joy olgan — bu ilmiy va madaniy bilimlar almashinuvining dalilidir. G‘arbiy devorda esa So‘g‘d hukmdorining taxtga chiqish marosimi hamda turli mamlakatlar elchilarining sovg‘alar bilan tashrifi tasvirlangan bo‘lib, Samarqandning siyosiy nufuzi va xalqaro maqomini ifoda etadi.

Freskalardagi tasvirlar orqali o‘sha davrning kiyim-kechak uslubi, urf-odatlari, marosimlari va estetik qarashlari haqida ham qimmatli ma’lumot olish mumkin. Ranglar uyg‘unligi, kompozitsion mukammallik va obrazlarning hayotiyligi VII asr rassomlarining yuksak mahoratidan dalolat beradi. Bu asarlar Sug‘d sivilizatsiyasining badiiy tafakkuri va dunyoqarashini ochib beradi.

Shuningdek, freskalar islomdan avvalgi davrda Samarqand va Sug‘d hududida zardushtiylik va mahalliy madaniy an’analar keng tarqalganini ham ko‘rsatadi. Bayramlar, qurbonlik marosimlari va saroy an’analarining tasvirlanishi hududning boy ma’naviy hayotidan dalolat beradi.

Ekspozitsiyada freskalar zamonaviy interaktiv usullarda namoyish etilmoqda. Tashrif buyuruvchilar ekran orqali devoriy suratlarning avvalgi oq-qora holati va asl rangli ko‘rinishini taqqoslab ko‘rish imkoniga ega. Ekranga qo‘l tekkizilganda freskaning ayrim qismlari “jonlanadi”, bu esa eksponatni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini yaratadi.

Afrosiyob freskalari — bu faqat devoriy suratlar emas. Ular qadimgi sivilizatsiyalarning o‘zaro muloqoti, madaniy almashinuvi va insoniyat taraqqiyotining badiiy solnomasidir. Ularda Samarqandning Buyuk Ipak yo‘lidagi markaz sifatidagi o‘rni, Sug‘d madaniyatining yuksak taraqqiyoti va Markaziy Osiyoning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi mujassam.
Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida mazkur freskalarning mazmuni va kompozitsiyasi zamonaviy texnologiyalar yordamida keng ommaga tushunarli va ta’sirchan shaklda taqdim etilmoqda.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14829
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9951
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar