Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Dunyo kutubxonalari asrayotgan xazinalar O‘zbekistonda namoyish etilmoqda

23.02.2026, 18:031154

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasining “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori” bo‘limiga qadam qo‘ygan har bir kishi go‘yo vaqt mashinasiga o‘tirgandek bo‘ladi. Markaz muzeyining Ikkinchi Renessans davri bo‘limida Temuriylar davrining buyuk ruhi, davlatchilik qudrati va ma’rifiy yuksalishi nafaqat tarixiy dalillar, balki nafis miniatyuralar orqali jonlanadi.

Ekspozitsiyaning Ikkinchi Renessans bo‘limida jamlangan asarlar — bu oddiy tasvirlar emas. Ular butun bir sivilizatsiyaning ruhiy portreti. Bu yerda Amir Temur hayotiga oid lavhalar, Kamoliddin Behzod maktabi durdonalari, Alisher Navoiy va Sulton Husayn Boyqaro davri ma’rifiy muhiti, shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan Boburiylar sulolasiga oid noyob asarlar markaziy o‘rinni egallagan.
Eng e’tiborlisi — mazkur miniatyuralar bugun dunyoning nufuzli muzey va kutubxonalarida saqlanmoqda. Ular orasida AQShdagi Jons Xopkins universitetining qoshidagi Jon V. Garrett kutubxonasi, Londondagi British Library va British Museum, shuningdek, Bodleian Library kabi ilmiy markazlar bor.

Temur taxtidan boshlangan yangi davr
1370 yil. Balxda Qurultoy. Turkiy an’analar asosida taxtga chiqqan Amir Temurning “Buyuk amir” sifatida saylanishi Markaziy Osiyo tarixida yangi sahifa ochadi. Bu voqea Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asariga ishlangan miniatyurada o‘z ifodasini topgan. Asarda hukmdorning davlatchilik ramzlari bilan qurshalgan holdagi tantanavor qiyofasi Ikkinchi Renessans boshlanishini anglatadi.

Sohibqironni kutib olgan Samarqand
Sherozda 1533 yilda ko‘chirilgan “Zafarnoma” qo‘lyozmasida Amir Temurning olis safardan qaytishi va oilasi tomonidan samimiy kutib olinishi tasvirlangan. Bu sahna — davlat arbobining nafaqat sarkarda, balki mehribon ota va sadoqatli turmush o‘rtog‘i ekanini namoyon qiladi. Milliy qadriyatlar — oilaparvarlik va vafo — tasvir orqali badiiy talqin etilgan.

Samarqanddagi buyuk bunyodkorlik
1404 yilda barpo etilgan jome masjidi qurilishiga bag‘ishlangan miniatyurada Amir Temurning shaxsan ishtirok etgani aks etgan. Hukmdorning quruvchilarga g‘amxo‘rlik qilishi, hatto ularga non ulashishi — bu bunyodkorlik faqat me’moriy emas, balki ma’naviy jarayon bo‘lganini ko‘rsatadi.

Boburdan Avrangzebgacha: bir davradagi sulolalar
1550 yilda Hindistonda yaratilgan miniatyurada Temuriylar va Boburiylar sulolasi hukmdorlari bir davrada tasvirlangan. Bu ramziy kompozitsiya tarixiy vorislik, siyosiy meros va madaniy uzviylik g‘oyasini ifodalaydi. Temuriylardan Boburiylargacha bo‘lgan silsila yagona tamaddun zanjirining halqalari sifatida ko‘rsatiladi.

Lashkar, bayroq va daryo: iroda ramzi
Amir Temurning lashkari bilan daryodan o‘tishi tasvirlangan miniatyurada ramzlar tili ustuvor. Bayroq — g‘alaba, fil — qudrat, ot — jasorat timsoli. Yorqin qizil va oltin ranglar asarga tantanavor ruh bag‘ishlaydi. Bu nafaqat harbiy yurish, balki qat’iyat va imon sinovi sifatida talqin etiladi.

Ov sahnasidagi harakat va hayot
Kamoliddin Behzod maktabiga mansub miniatyurada Amir Temurning ov jarayoni tasvirlangan. Yo‘lbars, bo‘ri, ohu va qushlar harakatda. Dinamika, rang uyg‘unligi va kompozitsion muvozanat Temuriylar miniatyura san’atining yuksak darajasini namoyon etadi.

Ilm va hukmdor: ma’rifiy muhit
Xamsa asosida ishlangan miniatyuralarda hukmdor va donishmandlar davrasi tasvirlanadi. Bu asarlarda davlat rahbari faqat siyosiy yetakchi emas, balki ilm ahli homiysi sifatida gavdalanadi.
Shu ruh Abdulazizxon II davriga oid miniatyurada ham namoyon bo‘lib, hukmdorning olimlar bilan ma’rifiy majlisi aks etgan.

Navoiy — ustozlar davrasida
Navoiyning tush manzarasi aks etgan miniatyurada u Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy va Abduraxmon Jomiy kabi buyuk shoirlar davrasida tasvirlangan. Bu ramziy kompozitsiya Navoiyni Sharq adabiyotining eng yuksak maqomida ko‘rsatadi.

Temuriy malikalar: saroydagi ma’naviy muhit
Husayn Boyqaro davrida yashagan Xadichabegim timsoli orqali saroy ayollarining ilm-fan va madaniyatdagi o‘rni namoyon bo‘ladi. Bu miniatyuralar ayollar ham ma’rifiy jarayonning faol ishtirokchisi bo‘lganini tasdiqlaydi.

Miniatyuralardagi millat xotirasi
Markaz ekspozitsiyasida namoyish etilayotgan ushbu asarlar Temuriylar davrida Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining yetakchi ilmiy va madaniy markazlaridan biriga aylanganini isbotlaydi.
Bu miniatyuralar — faqat tasvir emas. Ular millatning xotirasi, davlatchilik ramzi va ma’naviy merosidir. Ikkinchi Renessans g‘oyasi esa aynan shu tarixiy asoslarga tayanadi.

Durdona Rasulova

P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan ko‘chirib e’lon qilish mumkin

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14829
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9951
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar