Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

O‘zbekiston ulamolari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik maktubi yo‘lladi

24.02.2026, 10:551420

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Ulamolar kengashi a’zolari va yurtimizdagi taniqli ulamolar muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga tabrik va samimiy minnatdorchilik izhor etilgan maktub yo‘lladi.

Maktubda davlat rahbarining “Inson qadri uchun!” tamoyili asosida amalga oshirayotgan islohotlari, ayniqsa Ramazon oyi arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslari alohida ta’kidlangan. Xususan, 16-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda qabul qilingan qarorlar, “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard so‘m hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi yuksak insonparvarlik namunasi sifatida e’tirof etilgan.

Ulamolar qayd etganidek, bunday keng ko‘lamli g‘amxo‘rlik minglab ehtiyojmand oilalar, nogironligi bor shaxslar va og‘ir xastalikka chalingan fuqarolar uchun katta madad bo‘lib, jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, dunyo tajribasida kam uchraydigan holat sifatida Ramazon oyini munosib o‘tkazish yuzasidan davlat rahbari darajasida alohida qarorlar qabul qilinishi yuksak e’tibor belgisi ekani alohida urg‘ulangan.

Maktubda mamlakatimizdagi 2000 dan ortiq masjidlarda xatmi Qur’onlarning tizimli ravishda tashkil etilishi, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Islom sivilizatsiyasi markazi kabi yirik ma’rifiy inshootlarning barpo etilishi islom ma’rifati va milliy qadriyatlarni tiklash yo‘lidagi muhim qadamlar sifatida baholangan.

Murojaat so‘ngida Prezidentga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat va mas’uliyatli faoliyatida yangi yutuqlar tilab, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va muborak oy barakoti uchun duolar qilingan.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14838
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12232
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9960
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7992
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar