Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Hasan Safarxoniy: “O‘zbekiston Prezidenti nihoyatda faxrli ishni amalga oshirgan”

26.02.2026, 14:341103
Hasan Safarxoniy: “O‘zbekiston Prezidenti nihoyatda faxrli ishni amalga oshirgan”

“Bu markaz yoshlarga o‘zining boy o‘tmishini anglatadi”. Eron diplomati Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib ekspozitsiyalardan katta taassurot oldi.

Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi madaniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Hasan Safarxoniy O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga rasmiy tashrifni amalga oshirdi.

Tashrif davomida u markazning barcha ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdi. Namoyish etilgan tarixiy eksponatlar, miniatyura va qo‘lyozmalar, shuningdek, zamonaviy interaktiv taqdimotlar mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi.

Hasan Safarxoniy markazning O‘zbekistonning ilmiy va madaniy merosini namoyon etishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. U ta’kidlaganidek, Markaz nafaqat islom sivilizatsiyasining boy tarixi va madaniy yutuqlarini taqdim etadi, balki bu merosni yangi avlod va jahon hamjamiyatiga yetkazishda muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, Markazda klassik me’moriy uslublar va zamonaviy texnologiyalarning uyg‘unlashtirilgani uning o‘ziga xos xususiyati ekanligi qayd etildi.

Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi muhtaram Prezidentiga shunday nihoyatda qadrli va faxrli ishni amalga oshirgani, O‘zbekistonning emas, balki butun mintaqaning o‘tmishdagi o‘zligi va tamaddunini namoyon etish maqsadida bunday ulkan markazni tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu, shubhasiz, juda katta va yuksak ahamiyatga ega ishdir. Bu markaz islom tamaddunining ikki buyuk va qimmatli bosqichini juda yaxshi namoyon etadi. Eng muhimi, u bugungi dunyoga, ayniqsa O‘zbekiston va mintaqa yoshlariga ularning o‘tmishi nihoyatda boy, sermazmun va yorqin bo‘lganini ko‘rsatadi. 

Rostini aytsam, biror bo‘limni alohida ajratib ko‘rsatish qiyin, chunki barcha qismlar juda go‘zal. Ayniqsa, dunyo muzeylarida saqlanayotgan, jumladan, Eron va boshqa mamlakatlarda mavjud bo‘lgan asarlar nusxalarining olib kelinib, bu yerda namoyish etilayotgani juda qimmatli tashabbusdir. Bu, shubhasiz, islom tamaddunini tanitish va uning tajribasidan zamonaviy sivilizatsiya barpo etishda samarali foydalanishga xizmat qiladi. Nihoyatda katta, ahamiyatli va tahsinga sazovor ish amalga oshirilgan. Bu markaz xalqaro anjumanlar, ilmiy yig‘ilishlar o‘tkazish, ixtisoslashgan jurnallar chop etish va turli mamlakatlar, jumladan, Eron va O‘zbekiston olimlari ishtirokida ilmiy loyihalarni amalga oshirish orqali katta hissa qo‘sha oladi, – dedi Hasan Safarxoniy.

Tashrif davomida mehmon markazda namoyish etilgan asarlar, jumladan, Eron va boshqa mamlakatlardagi muzeylardan keltirilgan noyob artefakt hamda nusxalar, tarixiy ahamiyatga ega obyektlar bilan ham tanishdi. Bu asarlar orqali islom sivilizatsiyasining ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi ochiq namoyon bo‘ldi.

Shuningdek, tashrif davomida Markaz direktori Firdavs Abduholiqov va Hasan Safarxoniy ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Xususan, O‘zbekiston va Eron o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar, ta’lim va madaniy almashuv loyihalari, shu jumladan, konferensiya, simpozium va maxsus nashrlar orqali hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14829
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12223
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9951
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7980
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar