The Caspian Post: "O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi orqali ilm-fan va madaniyatga e’tiborni kuchaytirmoqda."
The Caspian Post saytida e’lon qilingan maqolada O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi orqali o‘zining boy ilmiy va madaniy merosini jahon hamjamiyati e’tiboriga havola etayotgani keng yoritildi. Materialda markaz asrlar davomida shakllangan intellektual an’analarni zamonaviy ilmiy-innovatsion formatda namoyon etishi, qariyb ikki mingga yaqin noyob qo‘lyozma va artefaktlarning xalqaro hamkorlik orqali Vatanga qaytarilgani hamda mazkur majmua global muloqot va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlik maydoniga aylanayotgani alohida ta’kidlangan.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi orqali o‘zining boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga yana bir bor e’tibor qaratmoqda. Mazkur yirik tashabbus mamlakatning islom tafakkuri va sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan tarixiy hissasini yoritishga qaratilgan. CNN ta’kidlaganidek, markaz ilmiy tadqiqotlar, ta’lim va madaniy muloqot uchun muhim maydonga aylanib, asrlar davomida shakllangan intellektual yutuqlarni namoyon etadi hamda O‘zbekistonning islom olamida ilm va an’analar chorrahasi sifatidagi o‘rnini mustahkamlaydi.
Qariyb o‘n yil davomida shakllangan ushbu loyiha Markaziy Osiyo mamlakatlarining din, madaniy almashinuv va ilmiy an’analar rivojiga ko‘rsatgan keng qamrovli ta’sirini namoyon etishni maqsad qilgan. The Caspian Post mazkur maqolani qayta e’lon qildi.
Bugungi kunda jahonda keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda, tezkor texnologik taraqqiyot, geosiyosiy ziddiyatlar va madaniy o‘zlik bilan bog‘liq muammolar konstruktiv muloqotga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi chegaralar osha intellektual almashinuvga urg‘u berib, tarixan savdo yo‘llari, dinlar, ilm-ma’rifat an’analari va turli madaniyatlar kesishgan hudud sifatida shakllangan mintaqaning boy tajribasiga tayanadi.
Ilm-ma’rifat almashinuvi an’analari
Markazning ilmiy-ma’rifiy konsepsiyasi islomni sivilizatsiyalar taraqqiyotining uzviy qismi sifatida talqin qiladi. Bu davrlarda ilmiy kashfiyotlar amalga oshirildi, universitet va akademiyalar tashkil etildi, kutubxonalar kengaydi, laboratoriya tadqiqotlari rivojlandi. Masalan, Muhammad Xorazmiy matematika sohasida, Ibn Sino esa tibbiyot sohasida ulkan yutuqlarga erishgan. Bugungi O‘zbekiston hududidan yetishib chiqqan allomalar tibbiyot, falsafa, san’at va tabiiy fanlar rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan.
“Bir millatni anglash uchun uning tarixini bilish zarur. O‘zbekistonda esa bu tarix g‘oyat boy”, — dedi Santьyago Penьya.
Yaqinda Markazga tashrif buyurgan Paragvay Respublikasi Prezidenti Santьyago Penьya insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab ilmiy va madaniy yutuqlar aynan shu zaminda vujudga kelgan, deya ta’kidladi.
Markaz tashkil etish tashabbusi ilgari surilganidan buyon Shavkat Mirziyoev tomonidan ma’rifat, xalqaro muloqot va o‘zaro hurmat tamoyillari bilan uyg‘unlikda amalga oshirilmoqda. Markazga tashrif chog‘ida Antoniu Guterrish O‘zbekiston Prezidentining xalqaro muloqot va ma’rifatni rag‘batlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.
Markaz ekspozitsiyasini yaratish jarayonida 2017 yildan buyon olib borilgan uzluksiz ilmiy tadqiqotlar asosida qariyb 2000 nafar olim, mutaxassis va dizayner ishtirok etdi.
Merosni tiklash
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Markazning asosiy vazifalaridan biri — O‘zbekistonning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasini asar va qo‘lyozmalarni vatanga qaytarish orqali namoyon etishdir. Bu jarayon xalqaro auksion uylari — Sotheby’s va Christie’s, shuningdek muzey, universitet va xususiy kolleksionerlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Natijada qariyb 2000 ta artefakt va qo‘lyozma O‘zbekistonga qaytarildi. Ular orasida Ibn Sinoga nisbat beriladigan qo‘lyozmalar, Abu Rayhon Beruniy bilan bog‘liq asarlar, Temuriylar davri miniatyuralari hamda avval xorijda saqlangan islom san’ati namunalari bor.
Ekspozitsiyada namoyish etilayotgan noyob yodgorliklar orasida Usmon Mushafi (Qur’onning eng qadimiy nusxalaridan biri), shuningdek Makkadagi Ka’bani qoplab turuvchi mato — Kisvaning bir parchasi ham mavjud.
Markaz ekspozitsiyalari islom madaniyatining keng diniy, madaniy va ta’limiy an’analar bilan o‘zaro bog‘liq rivojini yaxlit konsepsiya asosida yoritadi.
Ilmning uzviy davomi
Islom sivilizatsiyasi markazi vaqt o‘tishi bilan takomillashib boruvchi muassasa sifatida loyihalashtirilgan. Unda ko‘rgazma zallari bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot xonalari, kutubxona, restavratsiya va raqamlashtirish laboratoriyalari, arxiv saqlash joylari tashkil etilgan.
Yosh avlodni tarixiy meros bilan tanishtirish va ularda ilmiy izlanishga qiziqish uyg‘otish maqsadida maxsus ta’lim dasturlari ishlab chiqilgan. Xususan, Qur’on matnlarini matematika, texnologiya va tabiiy fanlar asosida tadqiq etishga qaratilgan fanlararo loyihalar amalga oshirilmoqda.
“Bu Markaz nafaqat o‘tgan asrlar merosini tikladi, balki kelajak avlodlar uchun ilhom manbaiga aylandi”, — dedi Aleksandr Stubb.
Zamonaviy intellektual maskan sifatida Markaz Bayt ul hikma, Xorazm Ma’mun akademiyasi va Ulug‘bek Mirzo madrasasi kabi tarixiy ilm markazlari an’analarini davom ettiradi.
2025 yil dekabrь oyida o‘tkazilgan BMT Sivilizatsiyalar alьyansining 11-Global forumi doirasida Markaz va BMT Sivilizatsiyalar Alьyansi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Markaz direktori Firdavs Abduxalikov ta’kidlaganidek, ushbu kelishuv madaniyat, fan va ta’lim sohalarida hamkorlikni, qo‘shma ilmiy va ta’lim dasturlarini, madaniy va media loyihalarni amalga oshirishni, shuningdek bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat qadriyatlarini ilgari surishni nazarda tutadi.
2026 yil mart oyida jamoatchilik uchun ochilishi rejalashtirilgan Islom sivilizatsiyasi markazi ko‘rgazmalar, ilmiy tadqiqotlar va raqamli imkoniyatlarni uyg‘unlashtirgan holda O‘zbekiston milliy merosini xalqaro ilmiy maydonda taqdim etadi hamda uning kelajak avlodlar uchun asrab-avaylanishiga xizmat qiladi.






