Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

700 yillik meros Amerikadan Vatanga qaytdi

27.02.2026, 19:061407

O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalar merosi yana bir bor jahon ilmiy jamoatchiligi diqqat markazida. Pahlavon Mahmudga tegishli noyob qo‘lyozmaning Vatanga qaytarilishi va ilk bor barcha ruboiylarni yagona to‘plam sifatida nashr etish tashabbusi milliy ma’naviy merosimizni tiklash yo‘lidagi muhim tarixiy qadam sifatida baholanmoqda.

Pahlavon Mahmud merosi: tiklanayotgan tirik tarix
Sharq Uyg‘onish davri — Musulmon Renessansi insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Bu davrda bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan allomalar jahon ilm-fani, madaniyati va muqaddas islom dini rivojiga beqiyos hissa qo‘shdilar. Ularning ilmiy va ma’naviy merosi xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan haqli ravishda e’tirof etilgan.

Mutafakkirlar merosining tarixiy va zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotidagi o‘rnini o‘rganish, mumtoz adabiyot va san’at namoyandalari ijodining insonparvarlik mohiyatini ochib berish Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Ayni paytda Markazda yuzlab buyuk allomalarning hayoti va ijodi haqida ma’lumot olish, videokontentlar tomosha qilish, nodir qo‘lyozmalar va nashr etilgan asarlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan.

Ruboiylar sultoni
Buyuk shoir va mutafakkir, javonmardlik tariqatining yirik vakili Pahlavon Mahmud Puryorivaliy (1247–1322) Sharq mumtoz adabiyotida ruboiy janrining yirik namoyandalaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Umar Xayyomdan keyin bu janrda ko‘p va mazmunli ijod qilgan shoir sifatida tanilgan.

Uning ruboiylarida ezgulik, vatanparvarlik, javonmardlik va olijanoblik g‘oyalari tarannum etiladi. Baxillik, hasad va jaholat kabi illatlar esa keskin qoralanadi.

Shu kunga qadar 330 dan ortiq ruboiy o‘zbek tiliga tarjima qilingan va nashr etilgan. Xorazmdagi Pahlavon Mahmud xalqaro jamoat fondi vakillari tomonidan yana 400 ga yaqin ruboiy aniqlangani ma’lum.

Ishchi guruh tomonidan ilmiy jamoatchilikka noma’lum bo‘lgan 70 dan ortiq ruboiylar aniqlanib, tarjima qilindi. Yaqin vaqt ichida Pahlavon Mahmud qalamiga mansub deb topilgan barcha ruboiylar ilk bor yagona to‘plam sifatida chop etilishi rejalashtirilmoqda.

Qo‘lyozma Vatanga qaytdi
Prezident tashabbusi bilan “Tirik tarix” turkumi doirasida Pahlavon Mahmud hayoti haqida “Xiva langari” badiiy filьmi suratga olinmoqda. Shu bilan birga, Markaz tomonidan “Pahlavon Mahmud ijodiy merosi” medialoyihasi amalga oshirildi va hujjatli filьm tayyorlandi.

2025-yil 17-oktyabr kuni davlat rahbari Pahlavon Mahmudga tegishli qo‘lyozmalarni jahon fondlaridan izlab topish va Vatanga qaytarish bo‘yicha topshiriq berdi.
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligida ishchi guruh tuzildi. Izlanishlar natijasida Nyu-Yorkdagi Hofstra universiteti professori, WOSCU a’zosi Aleksandr Naymark kolleksiyasida noyob qo‘lyozma saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

A.Naymark oilaviy mulk sanalgan ushbu qo‘lyozmani beg‘araz asosda Markaz fondiga taqdim etish istagini bildirdi. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ko‘magida qo‘lyozma yurtimizga olib kelindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur qo‘lyozma Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz (1845–1910) tomonidan ko‘chirilgan. Uning dastlabki sahifasida “bu ruboiyot ham podshohi Islom Xorazmshohning yozg‘onlari” degan bitik mavjud.

Yangi topilma: “Kanzul-haqoyiq”
Yaqinda ishchi guruh Mashhad shahridagi Ostoni Qudsi Razaviy kutubxonasida Pahlavon Mahmudga tegishli deb taxmin qilinayotgan “Kanzul-haqoyiq” manzumasini aniqladi. Asarning elektron nusxasi olingan va ayni paytda tarjima ishlari boshlangan.

Bularning barchasi buyuk mutafakkir merosini tiklash va keng ommaga yetkazishga qaratilgan sa’y-harakatlar izchil va tizimli ravishda amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.
Pahlavon Mahmud merosi — bu nafaqat adabiy boylik, balki milliy o‘zlik, ma’naviy kuch va kelajak avlod uchun ilhom manbaidir.

Durdona Rasulova

P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan ko‘chirib e’lon qilish mumkin

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar