

Yangiliklar
IOC vakili: “Juda ta’sirli”
“Yoshlar bu yerda faqat tomoshabin emas, balki ishtirokchi bo‘lishi mumkin”. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi a’zosining ushbu fikri Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifning eng muhim xulosalaridan biri bo‘ldi. Delegatsiya markazni ma’naviy tarbiya va zamonaviy sport qadriyatlari uyg‘unligining yorqin namunasi sifatida baholadi.
Xalqaro sport sohasi vakillaridan iborat delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Mehmonlar ekspozitsiyalarda aks ettirilgan qadimiy shaharlar xaritalari, arxeologik topilmalar, islom sivilizatsiyasida jismoniy kamolot, intizom va ma’naviy tarbiyaga oid qarashlar haqidagi tarixiy ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Islomdan avvalgi davr bo‘limida joylashdan shaxmat donachalari, Amir Temur shaxmati, Temur tuzuklari kabi eksponatlar mazmun-mohiyati, ularning davr va makon bilan bog‘liq jihatlariga qiziqish bildirdi.
Daniyel Dyurta, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi a’zosi:
– Bu yerda Islom tarixi haqida juda ko‘p ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Rostdan ham juda ta’sirli.
Menimcha Markaz o‘tmish bilan kelajak o‘rtasida o‘ziga xos bir ko‘prik bo‘la oladi. Shu jihatdan u yoshlar uchun nihoyatda foydali va qiziqarli. Chunki yoshlar bu muzeyning shunchaki tomoshabini emas, balki uning bir qismi bo‘lishi, jarayonlarda faol ishtirok etishi mumkin. Bu esa yosh avlod uchun juda muhim. Shaxsan men uchun ham bu maskan juda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston sport sohasiga juda katta e’tibor qaratmoqda va salmoqli sarmoya kiritmoqda. Bir necha hafta avval bu yerda Olimpiya qo‘mitasining Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi va u juda muvaffaqiyatli tashkil etildi. Shuningdek, sport uchun zamonaviy infratuzilma va inshootlarga katta mablag‘ yo‘naltirilayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Aminmanki, bunday e’tibor va sa’y-harakatlar natijasida yutuqlar yildan-yilga yanada oshib boradi.
Tashrif yakunida xalqaro sport sohasi vakillari Markaz ekspozitsiyalari islom sivilizatsiyasining tarixiy, ma’naviy va ijtimoiy qirralarini kompleks tarzda ochib berishi, shu bilan birga zamonaviy sport falsafasi bilan uyg‘un jihatlarga ega ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.