Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Seul milliy universiteti professori: “O‘zbekiston — sivilizatsiya beshiklaridan biri”

04.03.2026, 14:09909

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurgan koreyalik professorlar va shifokorlar buyuk tabib Ibn Sino merosi hamda Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mehmonlarga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Markaz faoliyati, ekspozitsiya konsepsiyasi hamda bu yerda namoyish etilayotgan noyob tarixiy manbalar haqida ma’lumot berildi. Delegatsiya a’zolari islomdan avvalgi davrga oid madaniy meros namunalarini katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdilar.

Ayniqsa, qadimiy shaxmat donalari ekspozitsiyasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur ekspozitsiya orqali Markaziy Osiyo hududida aql-zakovat o‘yinlari va strategik fikrlash madaniyatining ildizlari nechog‘lik chuqur ekanligi namoyon etilgani qayd etildi.

Shuningdek, Markazning Birinchi Renessans davriga bag‘ishlangan bo‘limi koreyalik tibbiyot mutaxassislarida alohida qiziqish uyg‘otdi. Xususan, buyuk tabib va mutafakkir Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi ulkan ilmiy merosi delegatsiya a’zolarida chuqur taassurot qoldirdi. Uning mashhur “Tib qonunlari” asari asrlar davomida jahon tibbiyoti taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgani, zamonaviy tibbiyot tamoyillarining shakllanishida muhim o‘rin tutgani alohida ta’kidlandi.

Seul milliy universiteti Bundang shifoxonasining sobiq prezidenti va bosh ijrochi direktori (CEO), Osiyo torakal va kardiojarrohlar jamiyati prezidenti, professor Sangxun Jeon tashrif haqida fikr bildirib, Markazda taqdim etilgan meros uni chuqur hayratga solganini ta’kidladi.

Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Qadimiy O‘zbekiston tarixi insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissani bevosita ko‘rish imkoniga ega bo‘lganimdan nihoyatda mamnunman. Bu yerga kelib, ko‘plab sivilizatsiyalar aynan bugungi O‘zbekiston hududidan boshlanganini yana bir bor angladim. Bu zamin azaldan ilm-fan va tafakkur markazi bo‘lib xizmat qilgan, — dedi u.

Professorning ta’kidlashicha, Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi ilmiy merosi bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Uning fikricha, bunday boy ilmiy merosni bir maskanda ko‘rish har bir tibbiyot vakili uchun katta ahamiyatga ega.

Markazning kirish qismida yaratilgan “Shon-sharaf” ekspozitsiyasida  namoyish etilgan 14 nafar alloma tasviri menda alohida taassurot uyg‘otdi. Bu ekspozitsiya Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududi insoniyat sivilizatsiyasiga qanday beqiyos hissa qo‘shganini konseptual tarzda ko‘rsatib beradi. Bu yerda tarix nafaqat namoyish etiladi, balki uning bugungi va kelajak taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqligi ham yorqin ochib berilgan, — deya qo‘shimcha qildi professor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Markazning rasmiy ochilishi arafasida bu yerga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lgani katta faxr hisoblanadi. Shuningdek, u kelgusida oilasi va hamkasblari bilan yana tashrif buyurish istagini bildirdi.

Agar markazni uch so‘z bilan ta’riflashim kerak bo‘lsa, men “hayratlanarli, hayratlanarli va faxrli” deb aytgan bo‘lardim. Bu yerda namoyish etilgan meros nafaqat O‘zbekiston, balki butun jahon sivilizatsiyasi tarixida faxr bilan tilga olinadigan bebaho boylikdir, — dedi Sangxun Jeon.

Koreyalik professorlar ta’kidlashicha, Markazda tarixiy merosning zamonaviy texnologiyalar orqali taqdim etilishi ilm-fan va tibbiyot rivojining uzviyligini yaqqol namoyon etadi. Ular Islom sivilizatsiyasi markazini nafaqat madaniy, balki ilmiy muloqot va xalqaro hamkorlik uchun muhim platforma sifatida baholadilar.

Tashrif yakunida delegatsiya a’zolari mazkur maskanda jamlangan boy tarixiy va ilmiy meros zamonaviy fan sohalari, jumladan sport tibbiyoti uchun ham ilhom manbai bo‘lishi mumkinligini ta’kidladilar.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar