Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Markaz kutubxonasi xorijiy mehmonlarga ham xizmat koʻrsatadi

22.04.2025, 16:001074
Markaz kutubxonasi xorijiy mehmonlarga ham xizmat koʻrsatadi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasini tashkil etish va ilmiy-innovatsion medialoyihalarni amalga tadbiq qilish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda soha vakillari, Markazning loyihalar uchun masʼul xodimlari ishtirok etdi.  

Yigʻilishda Markaz ilmiy tadqiqotlar boʻlimi boshligʻi Gulnora Gʻaniyeva yigʻilganlarga ilmiy-innovatsion  medialoyihalarni toifalash tizimi va uni rasmiylashtirish boʻyicha tushunchalar berib oʻtdi:

Kutubxona boʻlimi markazning yuzi hisoblanadi. Shuning uchun ham masʼuliyatli, ham savobli ish boshida turibmiz. Markaz chinakam maʼrifiy maskan, qolaversa, oʻtmish va bugunni bogʻlaydigan ziyo manzili boʻlib qoladi. Bunda oʻz loyihalari bilan ishtirok etayotgan soha vakillarining hissasi katta. 

Yigʻilishda taʼkidlanishicha, Markaz kutubxonasi interer va xizmat sifati jihatidan jahon standartlariga hamohang boʻladi. Bunda kitobxonlar uchun barcha qulayliklarni yaratish maqsadida xorijiy mutaxassislar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ayni vaqtda kutubxona boʻlimida 26 ta ilmiy-innovatsion loyiha ustida ish olib borilyapti. Birinchi bosqichda 15 ta ilmiy-innovatsion loyiha amalga tadbiq etilmoqda.  Kutubxona bir vaqtning oʻzida 226 nafar kitobxonga xizmat koʻrsata oladigan, 125 mingga yaqin kitob fondiga ega elektron kutubxona tizimi yaratilishi koʻzda tutilgan. Markaz kutubxonasi qoshida  birinchi marotaba tor ixtisoslik yoʻnalishida manbashunoslik  oʻquv kursi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Markaz kutubxonasi fondidan Lui Brayl yozuvidagi boʻrtma nuqtali kitoblar va audio kitoblar oʻrin oladi. Kutubxona keng qamrovli, zamonaviy shu bilan birga xorijiy mehmonlarga ham xizmat qilishi kutilmoqda. 

Biz mutaxassislar bilan fikrlashgan holda boʻlimdagi ilmiy-innovatsion loyihalarni uch bosqichda amalga oshirishda nimalarga ahamiyat qaratish kerakligini kelishib oldik. Hozirda 15 ta loyihani markaz ochilguniga qadar amalga tadbiq etamiz. Ishlar qizgʻin, har kuni yangi takliflar, qiziq muzokaralar, yangi gʻoyalar tugʻilyapti, — dedi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktorining oʻrinbosari Nasiba Xoldorova. 

Kunning ikkinchi qismida kutubxona vakillari  Rossiyaning "Antaleks" kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv oʻtkazdi.  Ushbu kompaniya yirik muzeylar, madaniyat muassasalari uchun audio va videomateriallar tayyorlab berish bilan shugʻullanadi. Maʼlumki, markaz kutubxonasi uchun  ham mahalliy va xorijiy auditoriyaga moʻljallangan audio va videokontentlar yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.  Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva va kompaniya vakillari, soha xodimlari kutubxona uchun zarur manbalar, audio kontentlar tayyorlashda nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi haqida fikrlar almashishdi. Shuningdek, kompaniya vakillari oʻz faoliyati va kutubxona yoʻnalishidagi loyihalar boʻyicha taqdimot qildi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7985
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar