Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“O‘zbekiston tarixi Yaponiyanikidan ham qadimiyroqdek” — yapon professori hayratda

06.03.2026, 10:501130

Yaponiyaning ilmiy va biznes doira vakillari – Yaponiya Siyosatshunoslik milliy aspirantura instituti faxriy professori Shigeru Morichi, shuningdek, “Hankyu Corporation” kompaniyasi direktori Masayoshi Uemura Yaponiyadan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. 

Mehmonlar ekspozitsiya zallarini batafsil ko‘zdan kechirar ekan, O‘zbekiston hududida sivilizatsion jarayonlar juda qadim zamonlardan boshlanganini alohida ta’kidladilar. 

Islomdan oldingi davrga oid eksponatlar, xususan, qadimiy bronza bug‘u haykali mehmonlarda hayrat uyg‘otdi. Ekspozitsiya bilan tanishgan delegatsiya vakillari hatto O‘zbekiston tarixi Yaponiya tarixidan ham qadimiyroqdek tuyulganini ta’kidladilar. Muzeyning Birinchi va Ikkinchi Renessans davriga bag‘ishlangan bo‘limlarda namoyish etilgan ilmiy maktablar, davlatchilik an’analari va xalqaro madaniy aloqalar tarixi yapon mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Professor Shigeru Morichi Markazning ilmiy-konseptual yondashuvini alohida e’tirof etdi. Uning ta’kidlashicha, odatda muzeylarda asosan qadimiy artefaktlar namoyish etiladi, biroq bu yerda tarixni tushuntirishda eng zamonaviy vizual texnologiyalar, filmlar va interaktiv yechimlar keng qo‘llanilgani ekspozitsiyani ta’sirchan va tushunarli qilgan.

“Avvaliga bu yerda faqat Ipak yo‘li haqidagi o‘tmish mavjud deb o‘ylardim. Ammo bu yerda nihoyatda uzoq va boy tarix mujassam ekan. Islom sivilizatsiyasining jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi keng va chuqur yoritilgani meni hayratga soldi”, — deya ta’kidladi u.

Masayoshi Uemura esa Markazni zamonaviy muzey menejmenti va texnologik yondashuv namunasi sifatida baholadi.

“Men “Expo 2025 Osaka” ko‘rgazmasida O‘zbekiston maydonini ko‘rganman. Ammo bu markaz undan ham yuqori darajada tashkil etilgan, deb ayta olaman. Vizual taqdimotlar juda puxta va ta’sirchan. Bu yerda bo‘lish men uchun katta sharaf bo‘ldi”, — dedi u.

Shuningdek, u O‘zbekistonning shaharsozlik va transport sohasidagi tajribasi bilan yaqindan tanishishga qiziqish bildirib, ilmiy va amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ilmiy tadqiqotlar, qo‘shma konferensiyalar, talabalar va mutaxassislar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Markaz bazasida Yaponiya–O‘zbekiston hamkorligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va tematik tadbirlar tashkil etish taklifi ham ilgari surildi.

Tashrif yakunida yapon delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazini Markaziy Osiyodagi muhim ilmiy-ma’rifiy platforma sifatida e’tirof etdi. Tomonlar kelgusida amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar