Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Boburiylar davri nefrit piyolasi: Londondan yurtimizga qaytarilgan artefakt haqida

07.03.2026, 09:571222

XVII–XVIII asrlarda,  Boburiylar sulolasi davrida yaratilgan nefrit piyola o‘zining tarixiy ahamiyati bilan davrning dunyoqarashi va davlatchilik madaniyatini o‘zida saqlagan tarixiy hujjatlardan biridir. Ushbu noyob artefakt Prezident Shavkat Mirziyoyevning xorijdan madaniy merosimizning noyob durdonalarini yurtimizga qaytarish tashabbusini qo‘llab quvvatlagan holda Londondagi nufuzli auksion uylaridan yurtimizga qaytarib olib kelingan. 

Boburiylar davrida nefritdan idish yasash faqat oliy hukmdor tabaqaga ruxsat etilgan, bu kabi buyumlar davlat qudrati va sultonlik maqomini moddiy ifodasidir.

Artefaktning tarixiy noyobligi shundaki, u asl saroy buyumi sifatida shakli o‘zgarmagan holda saqlanib qolgan. Nefrit o‘ta qattiq tosh bo‘lib, uni ishlash uchun yuqori darajadagi ilmiy bilim va amaliy tajriba talab qilinadi. Bu buyumlarning chegaralangan miqdorda yaratilishiga sabab bo‘lgan. Tarixiy jarayonlar va saroylarning yo‘qolishi natijasida Boburiylar davri nefrit idishlarining aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shu bois, mazkur nefrit piyola  Boburiylar davri saroy madaniyatini yoritib bera oladigan kam sonli asl ashyolardan biri hisoblanadi.

Boburiylar estetikasini hokimiyatning "kamtarona ulug‘vorligi" g‘oyasi bilan izohlash mumkin. Ortiqcha naqsh va bezakdan xoli, lekin mukammal shaklga ega bo‘lgan bu idish Boburiylar estetikasiga xos bo‘lgan ustalik va tabiiy materialdan foydalanish orqali hukmdorlik madaniyatining intellektual va estetik jihatlarini namoyon etadi.

Tarixiy nuqtai nazardan, nefrit piyola Markaziy Osiyo va Hindiston o‘rtasidagi madaniy uzviylikni ochib beradi.  Boburiylar sulolasi, o‘z ildizlari bilan temuriylar an’anasiga bog‘langani bois, nefritga bo‘lgan yuksak munosabat ham Markaziy Osiyo madaniy muhitidan kelib chiqqan. Demak, bu artefakt islom sivilizatsiyasining turli hududlarda shakllangan qiymatlarining uyg‘unlashganini isbotlovchi aniq dalildir.

Bugungi kunda nefrit piyola Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasining Ikkinchi Renessans bo‘limida saqlanmoqda. U muzey ashyosi sifatida emas, balki tarixiy guvoh sifatida namoyish etilmoqda, saroy madaniyati va davlatchilikni qanday yuksak darajada qadrlashni ko‘rsatadi.

Laylo Abduqaxxarova

P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan ko‘chirib e’lon qilish mumkin

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar