Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Bahouddin Naqshbanddan Najmiddin Kubrogacha: tasavvuf merosi zamonaviy talqinda taqdim etilmoqda

08.03.2026, 14:441082

Markaziy Osiyo qadimdan buyuk allomalar, ulkan g‘oyalar va boy ilm-fan merosi bilan jahon tamaddunida alohida o‘rin tutgan mintaqadir. Shuningdek, bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent shahrida bunyod etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ana shu bebaho ilmiy-ma’naviy merosni zamonaviy talqinda namoyon etayotgan muhim maskanga aylandi. Xususan, Markazning Birinchi Renessans davri bo‘limidagi “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori”da Bahouddin Naqshband, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad Yassaviy va Najmiddin Kubro kabi tasavvuf ilmi vakillarining 3D formatdagi maqbaralari hamda ular haqidagi videoroliklar namoyish etilmoqda. 

Markaziy Osiyo tasavvufining ulug‘ mutasavviflari o‘zlarining yuksak ma’naviy merosi va inson kamoloti haqidagi g‘oyalari bilan butun dunyoga tanilgan. Markazdagi ushbu ekspozitsiya esa tashrif buyuruvchilarga bu buyuk zotlarning hayoti, ta’limoti va tasavvuf ilmining mazmunini yanada yaqinroq anglash imkonini beradi.

Obid Tangirov, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi katta ilmiy xodimi:

“Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori”ning Birinchi Renessans qismi umumiy ma’noda bunyodkor hukmdorlar, buyuk shaxslar hamda muhim ilmiy kashfiyotlarga bag‘ishlangan. Bu davr tarixiy jarayon sifatida ilm-fan rivojida katta burilish yasagan, ayniqsa islom ilmlarining taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan. Shu sababli ushbu bo‘limda tasavvuf ilmi vakillarini aks ettirmaslik katta kamchilik bo‘lardi. Shu bois bu yerda tasavvuf ilmining eng mashhur namoyandalaridan bo‘lgan Bahouddin Naqshband, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad Yassaviy va Najmiddin Kubro siymolarining maqbaralari gologramma texnologiyalari orqali namoyish etilgan. Mazkur ekspozitsiyani shakllantirish jarayoni mutaxassis olimlar, tasavvuf ilmi tadqiqotchilari hamda soha ekspertlarining tavsiyalari asosida amalga oshirildi. Shuningdek, ekspozitsiyada ularning adabiyot bilan bog‘liq ijodiga ham e’tibor qaratilgan, chunki tasavvuf olimlarining aksariyati o‘z g‘oyalarini badiiy va ilmiy asarlar orqali ifodalagan.

XI asrdan boshlab Markaziy Osiyoda tasavvuf ilmi keng taraqqiy topdi. Shu bois ekspozitsiyada uning yirik namoyandalari va merosiga alohida e’tibor qaratilgan. Naqshbandiya, Kubroviya, Yassaviya hamda Abdulxoliq G‘ijduvoniy asos solgan Xo‘jagon tariqati ta’limotlarining shakllanishi va ularning keyingi davrlardagi ta’siri ham keng yoritilgan. Markaz mehmonlari interaktiv ekranlarda tasavvuf vakillarining hayoti va ijodi bilan bog‘liq maxsus test savollari orqali o‘z bilimlarini sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Bunday yondashuv yoshlarning ma’naviy kamoloti, vatanparvarlik tuyg‘ulari hamda insoniy fazilatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Markaz ekspozitsiyalarining ajralmas qismi bo‘lgan media mahsulotlar o‘sha davr muhitini va tasavvuf ilmining ma’naviy merosini zamonaviy tasvirlar orqali yoritadi. Tayyorlangan videoroliklar tomoshabinlarga mutasavvif olimlarning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar hamda ularning ma’naviy merosini yanada chuqurroq anglashga yordam beradi. Shu bilan birga, roliklarda tasavvuf ilmining jamiyat hayotidagi o‘rni va uning bugungi davr bilan bog‘liqligi ham ko‘rsatib berilgan.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar