Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Markaziy Osiyo san’atining 700 yillik sirli ramzi ekspozitsiyada taqdim etiladi

09.03.2026, 12:22969

Ba’zan bitta mato parchasi butun bir sivilizatsiya tarixini hikoya qilishi mumkin. Ayollar ot ustida aks etttirilgan ushbu kashtali panno fragmenti ana shunday nodir yodgorliklardan biridir. Mutaxassislar uni Markaziy Osiyo kashtachilik san’ati tarixidagi eng qadimiy va eng muhim namunalardan biri, hatto ramziy ma’noda “kashtalarning onasi” deb atashadi.

XIV asrga mansub bo‘lgan ushbu kashta Markaziy Osiyo o‘rta asr to‘qimachilik san’atining kamyob namunalaridan biri hisoblanadi. Asar paxta mato asosiga rangli ipak iplar bilan kashtado‘zlik usulida tikilgan bo‘lib, aslida katta pannoning bir bo‘lagidan iborat.

Kompozitsiyada nafis o‘simliksimon naqshlar, chirmashgan novdalar va qushlar tasviri orasida ot ustida tasvirlangan ayol chavandozlar vertikal tarzda ketma-ket joylashtirilgan. 

Mutaxassislar ushbu yodgorlikni 1285–1414 yillar oralig‘iga — ya’ni Ilxoniylar davridan Temuriylar davri badiiy an’analariga o‘tish bosqichiga mansub deb hisoblaydilar. Bu esa asarni tarixiy jihatdan o‘ta muhim davrga bog‘laydi.

Mazkur kashtaning eng diqqatga sazovor jihati — ikonografiyasi, ya’ni undagi tasviriy syujetdir. Islom san’ati an’analarida ayol obrazi ko‘pincha ramziy yoki dekorativ tarzda tasvirlangan bo‘lsa-da, ot ustidagi ayollar tasviri nihoyatda kam uchraydi.

Bu obrazlar turkiy xalqlarning qadimiy madaniy tasavvurlariga borib taqaladi. Qadimgi epik rivoyatlarda ayollar ko‘pincha ovchi, jangchi yoki urug‘-qabila homiysi sifatida tasvirlangan. Shu bois ushbu kashta Markaziy Osiyo madaniyatida ayol obrazining kuch, himoya va mustaqillik ramzi sifatida qaralganini ko‘rsatadi.

Naqshlarning bezak uslubi ham o‘ziga xos. Unda fors, xorazmiy va turkiy badiiy an’analar uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘sha davr Markaziy Osiyosi turli madaniyatlar kesishgan muhim sivilizatsion makon bo‘lganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Tadqiqotchilar fikricha, ushbu mato ehtimol saroy interьeriga bezak berish uchun ishlatilgan panno yoki pardaning bir qismi bo‘lgan. Bunday buyumlar xon saroyidagi ayollar xonalari yoki zodagonlar uylarini bezashda qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin.

Vashingtondagi To‘qimachilik muzeyi Vasiylik kengashi hamraisi hamda Markaziy Osiyo to‘qimachilik san’ati bo‘yicha mutaxassis Bryus Bagans ushbu artefaktni islom davridagi eng dastlabki kashtachilik namunalaridan biri sifatida baholaydi. Uning fikricha, bu yodgorlik keyinchalik butun mintaqada keng tarqalgan so‘zana kashtachiligi an’analarining muhim tarixiy ildizlaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda ushbu noyob san’at namunasi yaqin kunlarda ochilishi kutilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan o‘rin olgan.

Laylo Abduqaxxarova

P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan ko‘chirib e’lon qilish mumkin

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar