Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Yevropa muzeylarida saqlangan 1300 yillik noyob artefaktlar namoyishga tayyor

13.03.2026, 15:211090

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida namoyish etilayotgan nodir artefaktlar orasida Markaziy Osiyo, jumladan, Qadimgi Farg‘ona va Choch sivilizatsiyalari davriga oid charm oyoq kiyimlar va qo‘lqoplarni ham ko‘rishingiz mumkin. 

Markaz ekspozitsiyasidagi e’tiborli artefaktlardan biri – miloddan avvalgi II asrdan milodiy II asrgacha bo‘lgan davrga mansub bo‘lgan charm oyoq kiyimidir. Markaziy Osiyo hududida tayyorlangan ushbu etikcha o‘zining o‘ta nozik va bejirim ishlangani bilan ajralib turadi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, uning o‘lchami va shaklidan kelib chiqib, bu oyoq kiyim xotin-qizlar yoki bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Etikchaning uch tomoni biroz yuqoriga qarab ishlangan bo‘lib, bu uslub Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy poyafzallariga xos jihatlardan biri hisoblanadi. Uning shakli va tayyorlanish uslubi tarixiy Sug‘d, Choch, Farg‘ona, Xorazm va Tohariston hududlarida keng tarqalgan poyafzal an’analarini eslatadi.

Mazkur artefakt nafaqat amaliy buyum, balki tasviriy san’at namunalari bilan ham yaqin uyg‘unlikka ega. Chunki Markaziy Osiyoning mashhur yodgorliklarida, xususan, Afrosiyob, Varaxsha, Panjikent hamda Shahriston devoriy rasmlarida tasvirlangan insonlar oyoq kiyimlari bilan ushbu etikcha o‘rtasida yaqqol o‘xshashlik kuzatiladi. Bu holat o‘sha davrdagi kiyim-kechak madaniyati va hunarmandchilik uslublari mintaqaning turli shaharlari o‘rtasida o‘zaro mushtarak bo‘lganini ko‘rsatadi. Shuningdek, arxeologik qazishmalar davomida ham shunga o‘xshash poyafzal namunalari topilgani ushbu madaniy an’analarning keng tarqalganini tasdiqlaydi.

Muzeyning “Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari” bo‘limida namoyish etiladigan qadimgi Choch sivilizatsiyasiga oid eksponatlar ham ekspozitsiyada alohida ahamiyatga ega. Ular orasida miloddan avvalgi VII–VIII asrlarga tegishli deb taxmin qilinayotgan qadimiy qo‘lqop va oyoq kiyimlar diqqatni tortadi. Ushbu artefaktlar uzoq vaqt davomida Yevropaning mashhur muzeylari va xususiy kolleksiyalari tarkibida saqlanib kelgan. Markaziy Osiyo madaniyatiga oid yuzlab buyumlar orasida aynan shu kiyim-kechak namunalari o‘zining noyobligi va tarixiy ahamiyati bilan ajralib turgan.

2025 yil yoz oylarida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Markaz xodimlar va mutaxassislardan iborat ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tashriflar natijasida mazkur artefaktlar O‘zbekistonga olib kelinib, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi fondiga topshirildi. Bu esa milliy madaniy merosni qayta tiklash va uni keng jamoatchilikka namoyish etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Jun va ipak matolar aralashtirib tayyorlangan ushbu artefaktlar ilk o‘rta asrlar davriga mansub bo‘lib, ularning tikilish va to‘qilish uslubi Markaziy Osiyoning yirik madaniy markazlari – Sug‘d, Choch, Farg‘ona hamda Tohariston-Baqtriya hududlariga xos an’analarni yodga soladi. Ularning bezaklari va shakliy tuzilishi bejirimligi bilan ajralib turadi. Bu esa o‘sha davr hunarmandlari nafaqat amaliy buyumlar yaratish, balki estetik jihatdan ham mukammal asarlar tayyorlashga katta ahamiyat berganini ko‘rsatadi, – deya izoh berdi tarix fanlari doktori, professor G‘aybulla Boboyorov. 

Ayniqsa, mazkur kiyim-kechaklar bilan Markaziy Osiyoda 1300 –1400 yil muqaddam chizilgan devoriy rasmlar o‘rtasidagi uyg‘unlik juda qiziqarlidir. Arxeologik topilmalar va tasviriy san’at yodgorliklari bir-birini to‘ldirib, o‘sha davr madaniy hayoti haqida yanada aniq tasavvur hosil qilish imkonini berishini anglatadi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida namoyish etilayotgan Qadimgi Farg‘ona va Choch sivilizatsiyalari davriga mansub bu kabi artefaktlar nafaqat tarixiy merosimizni o‘rganish, balki uni kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lida muhim ilmiy va ma’rifiy ahamiyatga ega.

Durdona Rasulova

P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan ko‘chirib e’lon qilish mumkin

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14829
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12223
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9951
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7980
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar