Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

BBC:“Toshkentda O‘zbekiston madaniyatini tarannum etuvchi yangi maskan”

BBC media kompaniyasining BBC StoryWorks platformasida e’lon qilingan materialda Toshkentda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi mamlakatning boy madaniy va ilmiy merosini namoyon etuvchi yangi madaniy maskan sifatida yoritildi. Maqolada mazkur markaz oddiy muzeydan ancha keng qamrovli majmua bo‘lib, ekspozitsiyalar, tadqiqot markazlari va zamonaviy texnologiyalar orqali O‘zbekistonning tarixiy merosi hamda islom sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini xalqaro maydonda namoyon etishi ta’kidlangan.

Toshkentning shimoliy hududlarida yangi madaniy muassasa O‘zbekistonning boy merosini asrab-avaylashni maqsad qilgan. Oddiy muzeydan ancha keng qamrovli bo‘lgan ushbu ko‘p qirrali markaz mamlakatning ilm-fan, madaniyat, din va boshqa sohalardagi taraqqiyot tarixi va yangi hikoyalarini namoyon etadi.

Hammasi qayerdan boshlangan

Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan O‘zbekiston poytaxti o‘z madaniyatini — o‘tmishini, bugunini va kelajagini — iftixor bilan namoyon etishga intiladigan shahardir. Markaziy Osiyoning eng yirik shahri sifatida Toshkent nafaqat mamlakat, balki butun mintaqaning ramzi hisoblanadi: u doimo yangilanib boradi, biroq o‘tmish merosiga hurmat bilan qaraydi. Ana shu tarixiy taraqqiyotning eng muhim ramzlaridan biri — O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidir.
  The foyer of the Islamic Civilization Center in Uzbekistan
Bu yangi madaniy muassasani barpo etish rejalari dastlab 2017-yilda taqdim etilgan. Shu bilan birga qimmatli artefaktlarni tiklash va O‘zbekiston merosining turli burchaklarda saqlanayotgan nodir namunalarini Vatanga qaytarish loyihasi ham ilgari surilgan. Markaz g‘oyasiga ko‘ra, u O‘zbekiston va uning islomiy ildizlarining jahon ilm-fani va madaniyati rivojidagi o‘rnini o‘rganadigan ijodiy maydon sifatida tasavvur etilgan. U Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda va bosqichma-bosqich ishga tushirilib, 2026-yil mart oyiga qadar to‘liq ravishda jamoatchilikka ochilishi rejalashtirilgan.

“Bu yerda tarix o‘tmish uchun emas, balki kelajak uchun namoyon etiladi.”
— Farhon Ahmad Nizomiy, Oksford Islom tadqiqotlari markazi direktori
Tarixdan ilhom

The Mushaf of Uthman in the Hall of Qurans

E’lon qilinganidan buyon o‘tgan sakkiz yil ichida bu makon turli g‘oyalar va ifoda shakllarini birlashtirgan haqiqiy madaniy mozaikaga aylandi. Keng ko‘lamli ko‘rgazma maydoni atrofida muhtasham Qur’on karim zali, bolalar muzeyi, kutubxona, kino studiyalari va nashriyotlar joylashgan. Shuningdek, markazda ilg‘or tadqiqot bo‘limlari va restavratsiya laboratoriyalari tashkil etilgan bo‘lib, ular 40 ta mamlakatdan kelgan 1500 dan ortiq olim uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu maskan nafaqat mahalliy markaz, balki islom sivilizatsiyasining jahon tarixidagi va zamonaviy dunyodagi o‘rnini qayta ko‘rib chiqadigan xalqaro intellektual maydon sifatida ham qaraladi.

The pre-Islamic period hall

Uch qavatli bino Olmazor tumanida, Hazrati Imom majmuasi yonida, yetti gektar hududda barpo etilgan. Markaz arxitekturasi tarixiy an’analarni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish g‘oyasini aks ettiradi. Uning muhtasham va rang-barang uslubi Samarqand va Hirot kabi o‘rta asr shaharlarining ruhidan ilhomlangan. Binoning birinchi qavatida 15 ming kvadrat metr maydonni egallagan beshta tematik ko‘rgazma zali joylashgan bo‘lib, ular Markaziy Osiyo tarixining turli davrlarida yashab ijod qilgan rassomlar, yozuvchilar, hunarmandlar va mutafakkirlar merosini namoyon etadi..

The First Renaissance Hall at the Islamic Civilization Center in Uzbekistan

Nodir merosni Vatanga qaytarish

Markazning muhim vazifalaridan biri — asrlar davomida xorijga tarqalib ketgan madaniy boyliklarni qayta Vatanga olib kelishdir. O‘zbek olimlari va san’atshunoslari bilan hamkorlikda markaz auksion uylari, shuningdek mashhur xususiy kollektorlar va galereyalar orqali mingdan ortiq nodir asarlarni xarid qilishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qilgan. Ushbu eksponatlar beshta asosiy ko‘rgazma galereyasining eng muhim namunalari hisoblanadi: islomdan oldingi davr madaniy ildizlarini yorituvchi ekspozitsiyadan tortib, “Yangi O‘zbekiston” g‘oyalarini namoyon etuvchi zamonaviy galereyagacha.

The Second Renaissance Hall

Ma’rifatni jonlantiruvchi installyasiyalar

Markazning eng diqqatga sazovor nuqtalaridan biri — “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori” deb nomlangan 270 metrlik mulьtimedia installyasiyasidir. U uchta zal bo‘ylab joylashgan bo‘lib, dinamik proyeksiyalar va interaktiv texnologiyalar yordamida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning ilm-fan, madaniyat, san’at va ma’naviyat sohalarida jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini namoyon etadi. Bu sayohat qadimgi davrlardan to Renessans davrigacha bo‘lgan yo‘lni qamrab oladi.

Madaniy ta’siri ortib borayotgani va iqtisodiyoti rivojlanayotgani bilan O‘zbekiston o‘z tarixining yangi sahifalarini yozishda davom etmoqda. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi o‘z eshiklarini ochganda esa turli davrlar merosi bir makonda birlashib, kelajak avlodlar uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

The Third Renaissance Hall presenting New Uzbekistan

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.