Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Usmon Mushafi raqamlashtiriladi: elektron nusxa va faksimile nashr yaratilmoqda

23.04.2025, 09:36855
Usmon Mushafi raqamlashtiriladi: elektron nusxa va faksimile nashr yaratilmoqda

Oʻzbekistonda muqaddas islom manbalarini chuqur tadqiq etish, ularni asrash va keng jamoatchilikka yetkazish yoʻlida navbatdagi muhim ilmiy-loyiha amalga oshirilmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan Toshkentda saqlanayotgan, dunyodagi eng qadimiy Qurʼon nusxalaridan biri — Usmon Mushafi ustida keng koʻlamli tadqiqotlar olib borilmoqda.

Ushbu loyihaning asosiy yoʻnalishlaridan biri — Usmon Mushafi va Katta Langar Qurʼonining matni, unda ishlatilgan siyoh, yozuv turlari va restavratsiyasi karbon tahlili asosida chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Bu orqali Qurʼon nusxalarining tarixiy davri, yozilish uslubi va materiallari aniqlanadi.

Tadqiqotlar natijasida Usmon Mushafining elektron nusxasi yaratiladi. Bu elektron shakl markazning Qurʼoni karim zalida interaktiv monitorlar orqali taqdim etiladi — tashrif buyuruvchilar Mushaf sahifalarini virtual tarzda varaqlab koʻrish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Shuningdek, Mushafning yuqori aniqlikdagi yangi faksimile nashri ham tayyorlanadi. Bu nashr original nusxaning shakl, rang va yozuvlarini toʻliq aks ettiradi, shuningdek, ilmiy-tarixiy izohlar bilan boyitiladi.

Ushbu loyiha Oʻzbekistondagi islomiy merosni keng targʻib etish, shuningdek, Islom sivilizatsiyasi ekspozitsiyasini yanada boyitish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu bilan nafaqat yurtimiz ahli, balki butun dunyo musulmonlari eng qadimiy Qurʼon nusxasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7985
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar