Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Qadim karvon yo’llarida siz ham yuring / fotoreportaj

16.03.2026, 16:341543

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Islomdan avvalgi davrga bag‘ishlangan bo‘limida qadimgi savdo yo‘llari tarixi interaktiv xarita orqali namoyon etilgan. Unda yurtimiz hududi orqali o‘tgan va butun mintaqa taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan “Lojuvard yo‘li”, “Shoh yo‘li”, “Kumush yo‘li”, “Po‘lat yo‘li” hamda “Buyuk ipak yo‘li” kabi mashhur yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar jamlangan. Bu yo‘llar nafaqat savdo, balki madaniy va ilmiy aloqalar rivoji uchun ham mustahkam poydevor vazifasini o‘tagan.

Eramizdan avvalgi II asrda shakllangan Buyuk ipak yo‘li qariyb 18 asr davomida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi eng muhim aloqa yo‘li bo‘lib xizmat qilgan.

Markazdagi interaktiv xarita orqali ushbu yo‘l o‘tgan shaharlar va ularning tarixiy ahamiyati yoritib beriladi.

Prezident tashabbusi bilan xarita yanada kengaytirilib, Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi qadimiy shaharlar — O‘sh, O‘zgan, Taraz, Marv, Xo‘jand va Gabala ham ushbu madaniy-savdo tizimiga kiritilgan.

Ekspozitsiyada qadimgi savdo yo‘llari muhitini aks ettiruvchi bir qator noyob namunalar joy olgan.

Paxta installyasiyasi, Kushon tangalari, tekstil namunalari, Baqtriya tuyasi haykali hamda So‘g‘d bozori haqidagi videoloyiha karvonlar va savdogarlar hayotini tasavvur qilish imkonini beradi. 

Bu eksponatlar orqali qadimgi savdo faqat iqtisodiy emas, balki madaniy almashuv jarayoni bo‘lgani ham namoyon bo‘ladi.

Zalda namoyish etilgan Dalvarzintepadan topilgan shaxmat donalari alohida e’tiborga loyiq. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, ular yer yuzida aniqlangan eng qadimiy shunday topilmalardan biri bo‘lib, Hindistondagi namunalardan ham qariyb to‘rt asr oldin yaratilgan. Bu topilma Markaziy Osiyo qadimdan madaniy va intellektual markazlardan biri bo‘lganini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidagi mazkur ekspozitsiya savdo yo‘llarini tarixiy meros sifatida yangi talqinda namoyon etadi. U orqali yurtimiz hududi asrlar davomida sivilizatsiyalar uchrashgan, g‘oyalar va madaniyatlar almashgan muhim makon bo‘lgani yana bir bor yaqqol ko‘rinadi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14829
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12223
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9950
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7980
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar