Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

China Daily:"O‘zbek madaniyatining ramziy obidasi Toshkentda qad rostlamoqda"

China Daily nashrida e’lon qilingan materialda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mamlakatning eng muhim madaniy-ilmiy loyihalaridan biri sifatida baholanib, u nafaqat boy tarixiy merosni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirgan maskan, balki xalqaro gumanitar aloqalarni mustahkamlovchi maydon ekani ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada markaz fonida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy, turistik va gumanitar hamkorlikning izchil rivojlanayotganiga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan yangi ochilgan Islom sivilizatsiyasi markazi mart oyidagi ochilishidan so‘ng mamlakatdagi eng muhim madaniy loyihalardan biri sifatida e’tirof etildi, deb xabar berdi CNN.

Sharq o‘rta asrlari me’morchiligi uslubida barpo etilgan mazkur majmua nafaqat arxitektura yodgorligi, balki “Yangi O‘zbekistonning ma’naviy va intellektual yuksalish strategiyasi” hamdir, dedi markaz direktori Firdavs Abduqalikov.

O‘tmish, bugun va kelajak

Toshkentning tarixiy markazida 10 gektar hududni egallagan majmua 65 metrli moviy gumbaz va to‘rtta oltin darvozaga ega bo‘lib, ular ramziy ravishda O‘zbekistonning barcha hududlari birligini ifodalaydi.

Inshootning har bir jihatiga e’tibor qaratilgan me’moriy uslub Temuriylar davri an’analari bilan zamonaviy texnologiyalarning uyg‘unligini namoyon etadi.

O‘zbekistonning tarixiy yodgorligi bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek madrasasi me’morchiligini aks ettiruvchi asosiy ustun Qur’oni Karimning ilk nozil qilingan oyati kalligrafik yozuv bilan bezatilgan.

Ekspozitsiya konsepsiyasi an’anaviy muzeylardan farq qilib, tarixiy ma’lumotlarni taqdim etish bilan cheklanmay, tashrif buyuruvchilarni jonli intellektual muhitga jalb qiladi.

Insoniyat intellektual taraqqiyotini uzluksiz jarayon sifatida aks ettiruvchi yirik mulьtimedia panelь — “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori” turli davrlardagi buyuk allomalar kashfiyotlarining zamonaviy yuqori texnologiyalar bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Tashrif buyuruvchilar kelajak avlodlarga murojaat qoldirishi mumkin bo‘lgan “Vaqt kapsulasi” interaktiv loyiha sifatida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Virtual reallik, sun’iy intellekt va gologrammalar kabi raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi IX asr qo‘lyozmalari, qadimiy rasadxonalar va boshqa tarixiy kashfiyotlarni “jonlantiradi”.

Bolalar uchun mo‘ljallangan “1001 ixtiro laboratoriyasi” muhandislik va tabiiy fanlarga qiziqishni erta yoshdan shakllantiradi. Shu tariqa, markaz millatning intellektual salohiyatini rivojlantiradigan interaktiv ta’lim platformasiga aylanmoqda.

Hozirda markaz birinchi qavatda ekspozitsiya galereyasi va ikkinchi qavatda 1 milliondan ortiq kitob jamlangan keng kutubxonani o‘z ichiga oladi.

Zamonaviy shaharsozlik va ekologik barqarorlik talablari asosida barpo etilgan majmua atrofidagi obodonlashtirilgan hudud shahar aholisi va xorijiy mehmonlar uchun ochiq bo‘lgan keng madaniy-ma’rifiy makonni yaratgan.

Markaz qurilishi 2017-yil 23-iyunda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori asosida boshlangan bo‘lib, loyiha 2018-yilda amalga oshirila boshlangan.

2025-yil 29-yanvarda Prezident markazga tashrif buyurib, 2000 dan ortiq olim tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy va innovatsion loyihalarni ekspozitsiyaga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar bergan.

40 dan ortiq mamlakatdan mutaxassis va dizaynerlar markaz faoliyatini rivojlantirish va ekspozitsiyalarni boyitishda ishtirok etgan. Loyiha xorijda tarqalib ketgan o‘zbek madaniy merosini Vatanga qaytarishga ham xizmat qilmoqda.

2024-yil 13–15-noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy va ma’rifiy meros — umumiy kelajak” mavzusidagi kongress doirasida markazga besh davlat prezidenti tashrif buyurdi.

2026-yil fevralь oyida “Prix Versailles” xalqaro qo‘mitasi markazni “Dunyoning eng go‘zal muzeylari — 2026” ro‘yxatiga kiritdi.

YUNESKO bosh direktori Xolid al-Ananiy markazni “yangi avlod muzeyi, ilg‘or ilmiy infratuzilma, zamonaviy kutubxona, Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixiga oid milliy va xalqaro arxivlar, raqamli gumanitar texnologiyalar va global ilmiy-madaniy hamkorlik tarmog‘ini birlashtirgan noyob sivilizatsion majmua” deb baholadi.

Ikkinchi qavatda joylashgan kutubxonada 1 milliondan ortiq kitob mavjud.

Hamkorlikni kengaytirish

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik siyosiy muloqot, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy aloqalar, shuningdek madaniy va gumanitar almashinuvlar sohasida barqaror rivojlanmoqda.

O‘zbek va xitoy xalqlari azaldan madaniy va gumanitar sohalarda yaqin aloqalarni saqlab kelgan. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri turizm hisoblanadi. Tarixiy va madaniy yaqinlik turistik almashinuvlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

2025 yil iyunь oyida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz tartib joriy etilishi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Shu yili Xitoyda O‘zbekiston turizm yili deb e’lon qilindi. Dastur doirasida O‘zbekistonning turli shahar va hududlarida taqdimotlar, madaniy tadbirlar va roud-shoular o‘tkazildi. Natijada, 2025 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xitoylik sayyohlar soni 2024 yilga nisbatan uch barobarga oshdi.

“Biz mamlakatimizda turizm infratuzilmasini doimiy ravishda rivojlantirmoqdamiz. Yangi va qiziqarli sayyohlik yo‘nalishlari yaratilmoqda. Mehmondo‘st O‘zbekiston o‘zining betakror tarixiy obidalari va go‘zal tabiati bilan xitoylik sayyohlarni har doim mamnuniyat bilan kutib oladi”, dedi Firdavs Abduxoliqov.

Xitoylik sayyohlar uchun qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston va Xitoy shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar kengaytirilmoqda. Hozirda har hafta 60 dan ortiq reys amalga oshirilmoqda.

Umuman olganda, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlik uchun katta salohiyat mavjud. Ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yaqin do‘stlik va ishonchli sheriklikning yorqin namunasidir.

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.