Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi Markazga 100dan ortiq eksponat taqdim etadi

23.04.2025, 16:371062
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi Markazga 100dan ortiq eksponat taqdim etadi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish borasida respublika boʻylab ilmiy ekspeditsiya Ishchi guruhlari faoliyat yuritmoqda. Ekspeditsiya natijalariga koʻra, moddiy ashyolar olimlar tomonidan keng muhokama etilib, Markaz ekspozitsiyasiga tadbiq etish masalalari koʻrilmoqda. 

Markaz tomonidan tuzilgan Ishchi guruh Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida boʻlib, u yerdagi nodir eksponatlar bilan tanishdi. Dastlab Ishchi guruh Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Jannat Ismoilova bilan muzokara olib bordi. Uchrashuv doirasida muzey rahbariyati tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga begʻaraz tarzda taqdim etilayotgan noyob eksponatlar roʻyxati taqdim qilindi. Maʼlum qilinishicha, umumiy hisobda 100dan ortiq eksponat markazga beriladi. 


 


Ekspeditsiya doirasida qadimiy davrlarga oid ashyolar, sopol buyumlar, ibodatxona buyumlari va boshqa artefaktlar aniqlandi. Numizmatika yoʻnalishida turli davrlarga mansub tangalar, pul birliklari, moliyaviy belgilar, shuningdek, oʻzbek xalqining urf-odatlari, turmush tarzini aks ettiruvchi buyumlar, milliy liboslar va asbob-uskunalar qayd etildi — dedi ITsM katta ilmiy xodimi Alisher Egamov.

Ishchi guruh muzey ekspozitsiyalarining joylashuvi, ularning mavzuviy guruhlarga ajratilishi, koʻrgazma dizayni va yoritilish tizimi bilan yaqindan tanishdi. Bu jarayonda ilgʻor muzeyshunoslik tajribalari asosida amalga oshirilgan oʻzgarishlar, zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan interaktiv elementlarga alohida eʼtibor qaratildi. Bundan tashqari, Ishchi guruh muzey fondida saqlanayotgan boshqa noyob ashyolar – qadimiy hujjatlar, qoʻlyozmalar, haykaltaroshlik namunalari bilan tanishishdi. 

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7985
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar