Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

The Economist: O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi — bilim, madaniyat va xalqaro muloqot makoni

Xalqaro nashr The Economist Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishiga bag‘ishlangan materialni e’lon qildi. Unda mazkur markaz mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va uning xalqaro maydondagi ahamiyati ortishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgan.

Qayd etilishicha, markaz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida amalga oshirilgan mualliflik loyihasi bo‘lib, insonparvarlik, bag‘rikenglik va ma’rifat g‘oyalariga tayanadigan izchil davlat siyosatini aks ettiradi. Bu yondashuv zamonaviy dunyo chaqiriqlariga munosib javob sifatida baholanadi.

Maqolada markaz O‘zbekistonning zamonaviy madaniy va intellektual qiyofasini shakllantirishda muhim omil sifatida tavsiflangan. Shuningdek, mamlakatning o‘z tarixiy merosini chuqur anglash va uni global kun tartibiga uyg‘unlashtirishga intilishi ta’kidlangan.

Alohida e’tibor Markaziy Osiyoga — ilmiy va falsafiy an’analar asrlar davomida shakllangan, jahon tamadduniga katta ta’sir ko‘rsatgan hudud sifatida qaratilgan.

Shu bilan birga, me’moriy an’analar va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligi madaniy o‘zlikni saqlagan holda modernizatsiya yo‘li tanlanganini ko‘rsatadi.

Markazning ochilishi O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘lib, uni madaniy va intellektual hamkorlikning asosiy markazlaridan biri sifatida namoyon etadi.

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.