Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Koinotdan kelgan nigoh: “Space Technology Conference STC 2026” xalqaro konferensiya qatnashchilari ilmiy merosdan lol qoldi

01.04.2026, 15:381079
Koinotdan kelgan nigoh: “Space Technology Conference STC 2026” xalqaro konferensiya qatnashchilari  ilmiy merosdan lol qoldi

Toshkentda o‘tgan xalqaro kosmik anjuman dasturi doirasida nufuzli xorijiy delegatsiya O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uni “tarix va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unlashgan noyob maskan” sifatida baholadi. 

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlar kosmik agentliklari rahbarlarining 5-yig‘ilishi hamda “Space Technology Conference STC 2026” xalqaro konferensiyasi doirasida tashrif buyurgan nufuzli delegatsiya ayniqsa, Renessans davrlari, xususan, astronomiyaga oid ekspozitsiyalardan katta taassurot oldilar.

Mazkur tashrif nafaqat ilmiy va diplomatik aloqalarni mustahkamlash, balki Markazda jamlangan boy madaniy-ma’rifiy merosni xalqaro jamoatchilikka kengroq tanitishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Delegatsiya a’zolariga Markazning islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari ekspozitsiyasida qadimgi Xorazm madaniyati, zardushtiylik davri yodgorliklari, ilk shaharsozlik an’analari hamda Buyuk ipak yo‘liga oid ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, mehmonlar islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi, uning ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari ekspozitsiyalari bilan ham yaqindan tanishdilar.

Ayniqsa, astronomiya va matematika bo‘limlari kosmik sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Bu yerda Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi kabi buyuk allomalarning ilmiy merosi zamonaviy mulьtimediaviy texnologiyalar asosida namoyish etilgani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, Imom Buxoriy va Abu Mansur Moturidiy kabi mutafakkirlarga bag‘ishlangan bo‘limlarda namoyish etilgan nodir qo‘lyozmalar va tarixiy manbalarni delegatsiya a’zolari yuqori baholashdi.

Ekspozitsiyalar orasida Usmoniylar davriga oid eksponatlar, Sulton Abdulmajid davriga tegishli Maqomi Ibrohim yopinchig‘i, Ka’ba kisvasi hamda turli davrlarga oid kiyim-kechaklar alohida qiziqish uyg‘otdi.

Mehmonlar Markazdagi interaktiv yechimlar — raqamli panellar, 3D installyasiyalar va sun’iy intellekt asosidagi taqdimotlarni yuqori baholab, ekspozitsiyalar tashrif buyuruvchini tarix muhitiga “olib kirish” imkonini berishini ta’kidladilar.

Kristian Fayxtinger, Xalqaro astronavtika federatsiyasi ijrochi direktori:

Biz, kosmos sohasi vakillari sifatida, ayniqsa Mirzo Ulug‘bek davridagi astronomik yutuqlardan juda ta’sirlandik. XIV asrdagi aniqlik darajasi haqiqatan ham hayratlanarli. Bu markaz nafaqat tarixiy, balki ilmiy ahamiyatga ham ega. 

Kubanichbek Omuraliyev, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi:

Bunday keng qamrovli, tarixiy ahamiyatga ega markazning barpo etilishi — bu eng avvalo iqtisodiy emas, balki ma’naviy jihatdan eng muhim va eng katta loyihalardan biridir.

Bu markazning asosiy maqsadi — merosimizni kelajak avlodga yetkazish. Chunki o‘z tarixini bilmagan kishi – manqurt kabi. Agar meros bo‘lmasa, kelajakka hech narsa qolmaydi. Bu yerga kelgan inson o‘z tarixini anglaydi.

Bu yerda qaysi ekspozitsiya ko‘proq yoqqanini alohida ajratib ko‘rsatish qiyin. Qur’on, qadimiy sivilizatsiyalar, Renessans bosqichlari — barchasi teng ahamiyatga ega. Har birida alohida qimmat bor.

Yusuf Qirach, Turkiya Kosmik agentligi rahbari:

Ilm falsafasi bilan shug‘ullangan inson sifatida aytamanki, zamonaviy astronomiya aynan shu zaminlarda shakllangan.

Ahmad Farg‘oniydan Beruniygacha, Xorazmiydan Ulug‘bekkacha bo‘lgan mutafakkirlar insoniyat tafakkuriga ulkan hissa qo‘shgan. Shuning uchun bu yerda bo‘lish menga katta mamnuniyat bag‘ishladi.

Bu markazni butun dunyoga kengroq tanitish kerak. Chunki bu yerga kelgan inson bu zaminning ilm-fanga qo‘shgan hissasini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi.

Ayniqsa, interaktiv yondashuv juda kuchli. Yoshlar bu yerda qisqa vaqt ichida katta bilim olishi mumkin.

Hasan Ersel Gyural, Turkiya Kosmik agentligi fizika mutaxassisi:

Bu yerda faqat raqamli texnologiyalar emas, balki muhit, yoritish, arxitektura — barchasi uyg‘un.

Go‘yo o‘sha davr ichiga kirib borgandek bo‘lasiz. Eksponatlar juda yaxshi saqlangan. Ayrim joylarda ular qayta yaratilganmikan deb o‘yladim, ammo ular asl nusxa ekani hayratlanarli.

Albatta, men barcha do‘stlarimga bu yerga kelishni tavsiya qilaman. Hatto oila a’zolarimni ham olib kelishni istayman.

Harunrulloh Tanzi, Turkiy davlatlar tashkiloti loyiha direktori:

Ilgari ham qurilish jarayonida kelgan edik, bugun esa uni to‘liq, go‘zal holatda ko‘rish nasib qildi.

Bu yerda umumiy sivilizatsiyamizga oid juda ko‘plab noyob eksponatlar jamlangan. Usmoniylar davriga tegishli ashyolar, Ka’ba kisvasi, Xorazmga oid eksponatlar — barchasi bir joyda. Bu markazni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish muhim, deb o‘ylayman.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12225
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar