Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“BMT turizm” bosh kotibi prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusini yuqori baholadi

01.04.2026, 19:291383
“BMT turizm” bosh kotibi prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusini yuqori baholadi

Dunyoning eng go‘zal muzeylaridan biri deya ta’riflangan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al Novays boshchiligidagi delegatsiya ekspozitsiyalar va Qur’oni Karim zali bilan tanishib, Prezident Shavkat Mirziyoyev g‘oyasi bilan barpo etilgan ma’rifiy madaniy maskanning mazmun-mundarija va badiiy yechimlarini yuqori baholadilar.

Tashrif davomida muzeyning Islomdan avvalgi davr ekspozitsiyasida Qo‘yqirilgan qal’a maketi delegatsiya a’zolarida chuqur taassurot uyg‘otdi. II–VI asrlarga mansub ushbu yodgorlik o‘z davrida nafaqat aholi manzilgohi, balki observatoriya vazifasini ham bajargani bilan ahamiyatlidir.

Dalvarzintepadan topilgan shaxmat donalari esa ekspozitsiyaning eng e’tiborga molik namunalaridan biri sifatida baholandi. Mazkur topilmalar dunyodagi eng qadimgi shaxmat namunalaridan biri bo‘lib, Hindistonda aniqlangan shunga o‘xshash topilmalardan qariyb to‘rt asr oldin yaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. 

Birinchi Renessans davri ekspozitsiyasida mehmonlar e’tiborini Payg‘ambarimiz tomonidan o‘sha davr dunyo hukmdorlariga yo‘llangan maktublar tortdi. Ekspozitsiyada ushbu maktublarning besh nusxasi namoyish etilgan bo‘lib, ularda aks etgan diplomatik yondashuv va mazmuniy teranlik alohida qiziqish bilan qarshi olindi.

Ekspozitsiya bilan tanishuv jarayonida, xattot Habibulloh Solih tomonidan hurmatli mehmonga Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning arab hukmdorlaridan biri — Munzir ibn Saviga yo‘llagan maktubi nusxasi esdalik sovg‘a sifatida topshirildi.

Markazning yuragi hisoblangan Qur’oni Karim zalida delegatsiya musulmon olamining bebaho durdonasi – VII asrda ko‘chirilgan Usmon mus’hafi bilan yaqindan tanishdi. Ushbu noyob Qur’on nusxasi 1989-yildan 2025-yilgacha O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Mo‘yi muborak madrasasida bo‘lgan. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mazkur noyob mushaf 2025-yil 13-noyabr kuni Islom sivilizatsiyasi markazining Qur’oni karim zaliga olib kelingan. Mehmonlar ushbu muqaddas yodgorlikni bilan birga zamonaviy mepping-shouni ham tomosha qilishdi.

Ushbu majmuaning har bir jihati davlat rahbarining tashabbusi va bevosita e’tibori asosida amalga oshirilgani alohida e’tirof etildi.

Shayxa Nosir Al Novays, “BMT turizm” bosh kotibi : 

Avvalo, O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurishdan juda mamnunman. Bu mening Bosh kotib sifatida lavozimni egallaganimdan beri ilk rasmiy tashrifim va Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurish imkoniyati uchun juda  xursandman. Bilamanki, bu markaz yaqinda ochilgan va men sizlarni beshta turli sivilizatsiya haqida go‘zal hikoya taqdim etganingiz bilan tabriklayman.

Bu kelajak avlodni turli sivilizatsiyalar bilan tanishtirishda ajoyib usul va hikoyalarning zamonaviy texnologiyalar, shu jumladan immersiv san’at orqali taqdim etilgani juda ta’sirli. Men bu kabi yondashuvni avval ko‘rmaganman.

Yana bir bor tabriklayman, menimcha bu Markaz O‘zbekiston va Toshkent uchun katta ahamiyatga ega ramziy joy bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, bu Markaz turizmni ham rivojlantirishga, ayniqsa madaniyat va meros haqida ko‘proq bilmoqchi bo‘lgan sayyohlarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Avvalo, men uni Islom sivilizatsiyasi markazi madaniy muzeyini yaratishi bilan tabriklayman. Bu O‘zbekistondagi tarixiy, an’anaviy va madaniy diqqatga sazovor joylarga ajoyib qo‘shimcha bo‘ldi.

Turizmda rivojlanish uchun mustahkam asos zarur va bunga e’tibor qaratilgani hurmatga loyiqdir.

Ikkinchidan, 90 dan ortiq davlatlar uchun vizalarni osonlashtirish — milliy iqtisodiyotda turizmning ahamiyatini ko‘rsatuvchi yana bir muhim ko‘rsatkichdir. 

Delegatsiya a’zolari Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z fikr-mulohazalarini yozib qoldirdilar. Jumladan, ular shunday deb qayd etdilar: “Men O‘zbekiston rahbariyati va xalqini ana shunday ajoyib muzey bunyod etilgani bilan samimiy tabriklayman. Bu maskan asrlar davomida yashab qoladi va kelajak avlodlarni vataningiz tarixi, ajdodlar yaratgan sivilizatsiyalar bilan tanishtiruvchi muhim maskan bo‘lib xizmat qiladi”. Shuningdek, delegatsiya Markazning ilmiy, ma’naviy va madaniy ahamiyatini yuksak baholadi.

Tashrif yakunida Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov martabali mehmonga 1510 yilda Hirotda ko‘chirilgan Husayn Boyqaro devonining faksimil nusxasini markaz nomidan sovg‘a qildi. Kitobdan buyuk temuriy hukmdor Husayn Boyqaroning turkiy tildagi g‘azallari, shuningdek, Kamoliddin Behzod tomonidan ishlangan 4 ta nodir miniatyura o‘rin olgan.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14826
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12221
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar