Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

TURKSOY va Islom sivilizatsiyasi markazi o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldi

02.04.2026, 20:141523
TURKSOY va Islom sivilizatsiyasi markazi o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti (TURKSOY) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilm-fan va ta’lim sohalarida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish hamda amaliy aloqalarni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar madaniy merosni asrash va targ‘ib qilish turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamjihatlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashda muhim poydevor ekanini alohida ta’kidladilar.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar va xalqaro tashabbuslar turkiy dunyodagi integratsiya jarayonlariga yangi sur’at bag‘ishlayotgani yuqori baholandi. Shu nuqtai nazardan, Toshkentda barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat milliy, balki umumturkiy va umuminsoniy merosni o‘rganish hamda keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilayotgan yirik ilmiy-ma’rifiy maskan sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qator qo‘shma tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi. Jumladan, 2026-yilda ilk bor O‘zbekistonda Turkiy tilli davlatlar yoshlari forumini o‘tkazish bo‘yicha erishilgan kelishuvga alohida e’tibor qaratildi. An’anaviy tarzda har yili TURKSOYga a’zo mamlakatlarning birida tashkil etiladigan ushbu nufuzli anjuman o‘tgan yillarda Qirg‘iziston va Qozog‘istonda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan edi. Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekiston mezbonlik qiladigan mazkur forumda iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim va sport sohalarida yuqori natijalarga erishgan 300 nafarga yaqin iqtidorli yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Sayid Yusuf, TURKSOY bosh kotibi o‘rinbosari:

O‘zbekiston va boshqa turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning kun sayin mustahkamlanib borayotgani, eng avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoevning oqilona va uzoqni ko‘zlagan siyosati natijasidir. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining barpo etilishi barcha turkiy xalqlar uchun haqiqiy g‘urur manbai bo‘lib xizmat qiladi. TURKSOY va Markaz o‘rtasidagi qo‘shma loyihalarning kengayib borayotgani bizni alohida quvontiradi.

Muzokaralar yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollariga yuqori baho berib, ilmiy va madaniy aloqalarni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Ushbu hamkorlik turkiy davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va birdamlikni mustahkamlash, umumiy tarixiy merosni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga bezavol yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar