Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Novosibir muftiysi: Markaz — musulmon merosini jahonga tanituvchi noyob maskan

03.04.2026, 18:361052
Novosibir muftiysi: Markaz — musulmon merosini jahonga tanituvchi noyob maskan

Qariyb 9 yil davomida bunyod etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilk ochilgan kunlaridanoq keng jamoatchilik, ayniqsa xorijiy mehmonlar va musulmon ahli tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Bugungi kunda Markazga tashrif buyuruvchilar oqimi tobora ortib, uning nufuzi xalqaro miqyosda yuksalib bormoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, Markazning asosiy maqsadi — xalqimizning ko‘p ming yillik boy tarixi, ilmiy merosi va islom sivilizatsiyasining jahon taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etishdan iborat. Bugungi tashriflar va yuqori baholar esa ushbu ezgu maqsadlar amalda o‘z ifodasini topayotganini yaqqol namoyon etmoqda.

Rossiya Federatsiyasining Novosibir viloyati musulmonlari diniy boshqarmasi muftiysi ham Markazga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida muftiy islomdan avvalgi davrga bag‘ishlangan ekspozitsiyalarda namoyish etilgan “Avesto” qo‘lyozmalari varaqlari bilan tanishib, ushbu manbalar insoniyat tarixining eng qadimiy ma’naviy ildizlarini yoritishda beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Birinchi Renessans davriga bag‘ishlangan bo‘lim, ayniqsa, Imom Buxoriy va Imom Termiziy kabi buyuk muhaddislar merosiga bag‘ishlab yaratilgan alohida kapsulalar, ularning hayot yo‘li va ilmiy faoliyatining xaritalar orqali zamonaviy formatda taqdim etilganini muftiy yuksak e’tirof etdi. Ushbu yondashuv islom ilm-fani taraqqiyotini yanada chuqur anglash imkonini berishini qayd etdi.

Ikkinchi Renessans bo‘limida esa Amir Temur davlati xaritalari sun’iy intellekt asosida yoritilgani, tarixiy jarayonlarni jonli his qilish imkonini berishi muftiyda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, Mirzo Ulug‘bekning astronomik kashfiyotlari va rasadxona muhiti shunday ta’sirli yaratilganki, mehmon o‘zini go‘yoki o‘sha davr ichida turganday his qilganini ta’kidladi.

Qur’oni karim zali esa tashrifning eng ta’sirli nuqtalaridan biri bo‘ldi. Zaldagi mepping-gologramma, ipak gilamlar dizayni va umumiy ma’naviy muhit mehmon qalbida chuqur tuyg‘ular uyg‘otib, “bu yerdagi muhit har bir musulmon yuragini larzaga keltiradi”, deya ta’kidladi.

Abdulhamid Shakirzyanov, Novosibir viloyati muftiysi:

Alhamdulillah, mana shunday yirik va zamonaviy muzeyni ziyorat qilish nasib etdi. Bu yerda o‘zimiz uchun juda ko‘p yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik.

Markazda namoyish etilgan meros men uchun musulmon sifatida bevosita katta ahamiyatga ega. Tarixiy qadriyatlarimizning shu tarzda jamlangani va saqlanayotgani katta faxr uyg‘otadi. Ayrim eksponatlar restavratsiya qilingan bo‘lsa-da, ularning barchasi juda yuqori saviyada taqdim etilgan.

Bu markaz o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani albatta yuqori darajada bajarmoqda. Chunki bu yerga nafaqat mahalliy, balki ko‘plab xorijiy sayyohlar ham tashrif buyurmoqda. Ular bu yer orqali islom madaniyati va qadimgi islom sivilizatsiyasi haqida yangi bilimlarga ega bo‘lishadi.

Shaxsan men uchun diniy yo‘nalishdagi bo‘limlar ayniqsa qiziqarli bo‘ldi. Xususan, Imom Buxoriy va Imom Termiziy kabi ulug‘ allomalarimizga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, islom uyg‘onish davriga oid olimlarning asarlari namoyishi ham e’tiborimni tortdi.

Muftiyning fikricha, bunday maskanlar islomning haqiqiy mohiyati — ilm, ma’rifat va tinchlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14832
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7983
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar