Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Islomdan avvalgi davr”da: Amudaryo yoqalab, paxtazor oralab samoviy otlardan bahra olish mumkin

24.04.2025, 12:481005

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islomdan avvalgi davr" boʻlimining dizayni va umumiy koʻrinishi muhokama etildi. Uchrashuv avvalida Sinan Turaman boshchiligidagi “Outdoor Factory” kompaniyasi  jamoasi boʻlim boʻyicha loyihasini  taqdimot qildi. Markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov va Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Jannat Ismoilovalar  boʻlimni boyitish boʻyicha qoʻshimcha  fikrlar bildirib oʻtdi.

   

Turkiyaning yetakchi kompaniyalaridan biri “Outdoor Factory”  jamoasi boʻlimni boyitish uchun xronologik, tadrijiy, shaharsozlik masalalariga alohida eʼtibor qaratgan.  Kichik joyda katta ilmiy maydon yaratishga harakat qilmoqda. Bu boʻlim orqali oʻtmishimizga toʻgʻri baho bera olsak, undagi natijalarimizni koʻrsatsak, bu bizning yutugʻimiz boʻladi. Bunda kompaniya vakillari oʻsha davrn  i mukammal oʻrganmoqda. Bugun bildirib oʻtgan takliflarimizni ilmiy-ijodiy faoliyatga tadbiq etsak, yanada mukammallik kasb etadi — dedi Markaz rahbari.

Uchrashuvda maʼlum qilinishicha,  “Islomdan avvalgi davr”da qadimgi Oks yaʼni Amudaryoning mavjlanib oqayotgan shakli namoyon boʻladi. Unda qayiqlar, suv toʻlqinlari tomoshabinga ulkan daryoni his qilish imkonini beradi. Ipak yoʻli boʻylab paxta dalalari, tutzorlar va ipakdan mato olish texnikalari va liboslarni tikish uskunalari namoyish etiladi. Shuningdek, boʻlimda Uzundaradagi shaharsozlik, Xorazmdagi suv inshootlari interaktiv tarzda namoyon etiladi. Fargʻonaning samoviy otlari maketlari va 3D formati boʻlimga oʻzgacha koʻrk qoʻshishi kutilmoqda. 

Davrni oʻrganish jarayonlarida koʻplab qiziq maʼlumotlarga duch keldik. Bu bizni hayratga soldi. Izlanishilarimiz mahsulini boʻlimda namoyon etsak, tashrif buyurgan har bir kishi biz istagan hayratni oʻzida his qiladi. Uzundaradagi ilk sivilizatsion jarayonlar, qadimgi Soʻgʻd, Baqtriya ixtirolari shaxsan meni lol qoldirdi. Fargʻonaning samoviy otlari, ipakchilik, paxtachilik tarixini oʻrganib, Oʻzbekiston tarixi boy va takrorlanmas ekanligiga amin boʻldim. Biz ekspozitsiyada shularni aks ettirmoqchimiz, — deya fikr bildirdi “Outdoor Factory” kompaniyasi rahbari. 

Uchrashuv soʻngida taqdimot boyitilib, mahalliy olimlar bilan maslahatlashgan holda amaliy jarayonlarga kirishish kelishib olindi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7986
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar