Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

O‘zbekiston Oliy sud delegatsiyasi 3000 yillik tarixiy haqiqatning kutilmagan taqdimotiga guvoh bo‘lishdi

06.04.2026, 18:481053
O‘zbekiston Oliy sud delegatsiyasi 3000 yillik tarixiy haqiqatning kutilmagan taqdimotiga guvoh bo‘lishdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov boshchiligidagi delegatsiya Prezident Shavkat Mirziyoyev g‘oyasi bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlar Markaz muzeyida uch ming yillik tarix va sivilizatsiyalar bilan tanishar ekan, ekspozitsiyalardagi noodatiy yondashuvlardan katta taassurot olishdi.  

Oliy sudi raisi boshchiligidagi delegatsiyada Markazda tashkil etilgan “Buyuk siymolar galereyasi”da yaqin kunlarda tavalludining 690 yilligi nishonlanadigan sohibqiron Amir Temurning mozaikada ifodalangan siymosi alohida qiziqish uyg‘otdi. Uning 35 yoshida markazlashgan davlat barpo etgani, temuriylar saltanatiga asos solgani va Ikkinchi Renessansga zamin yaratgani haqidagi tarixiy haqiqatlar haqida yanada kengroq ma’lumotlar berildi.

Islomdan avvalgi davrga bag‘ishlangan ekspozitsiyalarda 250 metrlik “Sivilizatsiya va kashfiyotlar devori”dan o‘rin olgan barelьeflar, miniatyuralar va mahobatli rangtasvir asarlari orqali 3000 yillik davlatchilik tarixi ta’sirchan tarzda namoyish etilgani delegatsiya tomonidan yuqori baholandi. Ayniqsa, Surxondaryodagi Dalvarzintepa hududidan topilgan va Hindistondagi shaxmat donalaridan 4 asr oldin yaratilgan noyob shaxmat donalari mehmonlarda katta hayrat uyg‘otdi.

Shuningdek, Londondagi nufuzli auksionlardan olib kelingan 500 dan ortiq artefaktlar, jumladan, Sug‘d liboslari va matolari kolleksiyasi katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirildi. Ushbu liboslarni sun’iy intellekt orqali virtual tarzda “kiyib ko‘rish” imkoniyati esa delegatsiya uchun zamonaviy va o‘ziga xos yangilik bo‘ldi.

Baxtiyor Islomov, Oliy sud raisi: 

Biz markazdan juda katta taassurotlar oldik. Bu yerda misli ko‘rilmagan ish amalga oshirilgan. Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi asosida bunyod etilgani bu maskanning ahamiyatini yanada oshiradi. Bu yerda butun tariximiz va davlatchiligimiz mujassam bo‘lib, menimcha, u kelajakda ham butun dunyo uchun muhim meros bo‘lib qoladi.

Bu majmua hatto Ginness rekordlar kitobiga kiritilishiga munosib. Agar shunday darajadagi loyihalar tanlanadigan bo‘lsa, men aynan shu markazni birinchi bo‘lib tavsiya qilgan bo‘lardim. 

Birinchi Renessans davri bo‘limida saljuqiylar davriga oid ikki boshli burgut tasviri tushirilgan tug‘roning tarixi va ahamiyati alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, VIII–XII asrlarda yuz bergan, islom sivilizatsiyasi doirasida ilm-fan, madaniyat va ma’rifatning ulkan yuksalish bosqichi hisoblangan, tarixda “Islomning oltin asri” sifatida ham mashhur bo‘lgan ushbu davr ekspozitsiyasida 7 ta kapsula jamlangani va ularning birinchisida Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning jahon hukmdorlariga yuborgan maktublari, Ka’ba surati va ilhomli duolar bitilgan kashtalar haqidagi ma’lumotlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Alisher Usmanov, Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari:

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi arafasidayoq bu maskanga katta qiziqish bilan qarab, qachon ishga tushishini kutib yurardik. Bugun esa markaz faoliyati va undagi eksponatlar bilan tanishdik.

Ochig‘ini aytsam, ko‘rganlarim menda juda katta taassurot qoldirdi. Tariximizning naqadar qadimiyligi, xalqimizning buyukligi bu yerda juda yorqin namoyon etilgan. Ayniqsa, ajdodlarimiz — Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk siymolarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini yana bir bor chuqur his qildim. Shu bois o‘zbek xalqining vakili ekanimdan chin dildan faxrlanaman.

Bu markazda uch Renessans davri izchil va aniq dalillar asosida ko‘rsatib berilgani alohida ahamiyatga ega. Har bir eksponat, har bir bo‘lim xalqimizning buyuk tarixidan darak beradi.
Menimcha, har bir fuqaro bu yerga albatta kelib ko‘rishi kerak. O‘zim ham farzandlarim va nabiralarim bilan yana tashrif buyurishni niyat qildim. Chunki tariximizni bilish va undan faxrlanish har birimiz uchun muhim.

Ushbu maskanni barpo etganlarga va bu yerda faoliyat yuritayotgan jamoaga katta rahmat. Bu markaz orqali xalqimizning boy tarixi va ma’naviy merosi yanada yorqin namoyon bo‘lmoqda.

Ikkinchi Renessans davri bo‘limida sohibqiron Amir Temur davriga oid diplomatik munosabatlar haqidagi ekspozitsiya ham alohida e’tiborni tortdi. Xususan, buyuk sohibqiron Amir Temurga Fransiya qiroli Karl VI tomonidan yuborilgan maktublarda davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik, savdo va xavfsizlik masalalariga alohida urg‘u berilgani delegatsiyada katta qiziqish uyg‘otdi. 

“Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” bo‘limida joylashgan “Davlatchilik ustunlari” kompozitsiyasi delegatsiya uchun yangi mazmun va falsafiy yondashuvni ochib berdi. Ushbu ansamblь orqali qadimgi sivilizatsiyalardan tortib, mustaqil O‘zbekistongacha bo‘lgan davlatchilik taraqqiyoti izchil va ramziy tarzda namoyish etilgani alohida e’tirof etildi.

Abduhalim Xolmaxmatov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud apparati rahbari:

Albatta, shuni aytishim mumkinki, bu yerga kelgan har bir inson — nafaqat o‘zbekistonliklar, balki butun dunyo vakillari ham katta hayrat bilan chiqib ketadi. Bu maskan insonga chuqur o‘y beradi: ajdodlarimiz kim bo‘lgan, biz aslida qanday buyuk tarix egasimiz — degan savollarga javob topadi. Natijada har bir tashrif buyuruvchi faxr tuyg‘usi bilan bu yerdan chiqadi.

Shu bois davlatimiz rahbariga katta rahmat aytish kerak — tariximizni tiklab, ajdodlarimizning buyuk merosini shu darajada namoyon etib berganlari uchun. 

Avval ayrim ma’lumotlarni qisman bilgan bo‘lsak, bu yerga kelib to‘liq tasavvurga ega bo‘ldik. Bu haqiqatan ham bebaho boylik. Dunyo miqyosida qiyosi kam bo‘lgan bunday markaz uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz.

Markazga tashrif adolat peshvolari uchun ana shunday mazmunli xulosalarga sabab bo‘ldi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14832
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7983
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar