Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Hadis maktabi professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun dars tashkil etildi

08.04.2026, 12:571289
Hadis maktabi professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun dars tashkil etildi

Samarqand viloyatidagi Hadis ilmi maktabi talabalari, ustoz-o‘qituvchilar hamda Misrdagi Al-Azhar universiteti professori Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini nafaqat tashqi ko‘lami, balki mazmuni jihatidan ham nihoyatda muhim ekanini e’tirof etishdi.

Mehmonlar markazga qadam qo‘yishi bilanoq dastavval uning ikkinchi qavatida joylashgan zamonaviy jihozlangan auditoriyalar va zamonaviy kutubxona bilan tanishdilar. Bu yerda yaratilgan sharoitlar markaz faqat muzey emas, balki ilm ahli — tadqiqotchilar, olimlar va yoshlar uchun ham keng imkoniyatlar yaratilganini yaqqol ko‘rsatdi. Bu esa yurtimizda ilm ahliga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Hadis ilmi maktabi talabalari va ustozlari uchun markaz bosh ilmiy xodimi Zohidulla Munavvarov tomonidan dars jarayoni tashkil etildi. Unda markazning ilmiy konsepsiyasi va tuzilishi batafsil tushuntirilib, islomgacha bo‘lgan davrdan boshlab, islomning dastlabki bosqichlari, Birinchi va Ikkinchi Renessans hamda bugungi Uchinchi Renessans poydevorigacha bo‘lgan tarixiy jarayonlar izchil yoritib berildi.

Mazkur ilmiy tushuntirishlardan so‘ng mehmonlar Markazning muzey qismi — ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. 

Abdurashid Madrahimov, Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi:

Markazning tashqi ko‘rinishi bizda juda katta taassurot qoldirdi. U o‘zining mahobati bilan islom tamaddunining haqiqiy qiyofasini aks ettiradi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bu maskan butun bir sivilizatsiyaning timsoli ekanini shu zahotiyoq his qilish mumkin. Ichkariga kirganimizda esa taassurotlarimiz yanada kuchaydi — bunday go‘zallik va mukammallikni, ochig‘i, ilgari na tasavvur qilganmiz, na ko‘rganmiz.

Yunus Xo‘jamov, Hadis ilmi maktabi talabasi:

Bu yerga kirib guvoh bo‘lyapmizki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari va sa’y-harakatlari tufayli mana shunday ulug‘vor madaniyat, ma’rifat, ilm maskani barpo etildi. Ushbu Markazni aylangan kishi O‘zbekiston diyorida bo‘lib o‘tgan va hozirgacha davom etayotgan tarixni ikki-uch soat ichida bemalol tasavvur qila olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, maktab darsliklarida o‘qigan ma’lumotlarimni qaysidir ma’noda jonli ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ldi va ko‘z oldimda tariximizni to‘laqonli shakllantira oldim. Bu yerdagi eksponatlarni ko‘rishlik — bizning o‘qiyotgan ilmlarimizning haqiqiy daholari kim ekanligini ko‘z o‘ngida tasavvur qilish imkoniyatini beradi.

Misrning Al-Azhar universiteti professori Saloh Isoning fikricha, buyuk mamlakatda islom sivilizatsiyasining yuksak darajada namoyon etilgan. 

Ushbu Markazda islomning ilk sivilizatsiyasi va undan keyingi davrlarini aks ettiruvchi ko‘plab ko‘rgazmalar bilan tanishdik. Imom Buxoriy va Termiziyga bag‘ishlangan ekspozitsiyalarni ko‘rdik. Ularning hayoti, ilmiy merosi va kitoblarining nusxalari bilan tanishdik. Shundan so‘ng Qur’oni karim zali bilan tanishdik va islom sivilizatsiyasining yuksak darajada namoyon etilganiga guvoh bo‘ldik. Bu markaz Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgani juda go‘zal va muhim qadamdir va musulmonlarga o‘zlarining ilk sivilizatsiyasini, ilm-fanini va madaniyatini eslatadi. Chunki islom sivilizatsiyasi insonlarga yuksak ilm, yuksak tafakkur, yuksak madaniyat va go‘zal axloqni o‘rgatadi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7984
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar