Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Toshkentda Amir Temur merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman: ilmiy muloqot va madaniy tadbirlar uyg‘unligi

09.04.2026, 17:501208
Toshkentda Amir Temur merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman: ilmiy muloqot va madaniy tadbirlar uyg‘unligi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur va Temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman davom etmoqda.

Uch kunlik anjuman jahonning 20 dan ortiq mamlakatidan kelgan 300 nafardan ziyod olimlar, ekspertlar, diplomatlar va jamoatchilik vakillarini birlashtirib, Temuriylar davri merosini chuqur o‘rganish va uning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rnini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi.

Anjuman doirasida ishtirokchilar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, bu yerda tashkil etilgan mavzuli ko‘rgazmalar bilan tanishdilar. Shuningdek, “Amir Temur va Donna Mariya” badiiy filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida xorijiy mehmonlar markaz faoliyati va ko‘rgazmalar haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

“Bu yerda bo‘lishdan juda xursandman. Markazning ko‘lami va ahamiyati haqiqatdan ham lol qoldiradi. Bu yerda Islom va jahon sivilizatsiyasi rivojiga asos bo‘lgan boy tarix jamlangan. Bunday markazlar nafaqat o‘tmishni yoritadi, balki kelajak uchun ham muhim ahamiyatga ega,” - dedi Oksford Islom tadqiqotlari markazi raisi Farxan Nizami.

U, ayniqsa, Renessans davrlariga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar va buyuk allomalar merosi unda chuqur taassurot qoldirganini ta’kidladi:

“Xorazmiy va Farg‘oniy kabi olimlarning ilmiy ishlari insoniyat taraqqiyoti uchun poydevor bo‘lgan. Agar ular bo‘lmaganda, bugungi zamonaviy yutuqlar ham bo‘lmas edi,” — dedi u.

Buyuk Britaniyadan kelgan ishtirokchi Siboriya Salixov ham markaz va film haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

“Bu mening muzey to‘liq ishga tushganidan keyingi birinchi tashrifim. Ko‘rganlarimiz juda ta’sirli. Ayniqsa, Qur’on zalidagi namoyish va bugungi film katta taassurot qoldirdi.  Bu maskanga albatta yana kelamiz” — dedi u.

Uning ta’kidlashicha, bunday madaniy va ilmiy tadbirlar turli sivilizatsiyalar o‘rtasida muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi:

“Bu kabi markazlar va anjumanlar umuminsoniy qadriyatlarni anglashga xizmat qiladi,” — deya qo‘shimcha qildi u.

Anjuman doirasida namoyish etilgan “Amir Temur va Donna Mariya” filmi ham ishtirokchilar tomonidan iliq kutib olindi. Unda Sohibqironning insoniy fazilatlari va tarixiy shaxs sifatidagi o‘rni zamonaviy badiiy talqinda yoritilgani alohida e’tirof etildi.

Xalqaro anjuman davomida Temuriylar davrining davlat boshqaruvi, ilm-fan, madaniyat, me’morchilik va diplomatiya sohalaridagi yutuqlari yuzasidan ilmiy muhokamalar davom etmoqda.

Mazkur anjuman O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini jahon hamjamiyatiga keng targ‘ib etish, xalqaro ilmiy muloqotni rivojlantirish va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14838
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12231
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9960
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7992
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar