Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Konferensiya ishtirokchilari tomonidan Amir Temur xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi

11.04.2026, 20:51780

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro  konferensiya doirasida ishtirokchilar Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimida ishtirok etib, ulug‘ sohibqiron xotirasiga chuqur ehtirom bildirdilar.

Marosimdan so‘ng mehmonlar qayta ta’mirlanib, yangilangan ekspozitsiyalar bilan boyitilgan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. Ular muzey bo‘ylab sayohat davomida Temuriylar davriga oid noyob tarixiy manbalar, qo‘lyozmalar, harbiy anjomlar, miniatyuralar hamda turli arxeologik topilmalar bilan yaqindan tanishdilar.

Ishtirokchilar aytishicha, muzeydagi har bir eksponat o‘sha davrning nafaqat siyosiy va harbiy qudratini, balki ilmiy va madaniy yuksalishini ham yaqqol aks ettiradi. Ayniqsa, davlat boshqaruvi, shaharsozlik an’analari va madaniy merosga oid namunalar katta qiziqish uyg‘otgan.

Shuningdek, mehmonlar muzeydagi interaktiv va vizual ko‘rgazmalar orqali Amir Temur shaxsi va uning tarixdagi o‘rni haqida yanada keng tasavvurga ega bo‘lganlarini ta’kidladilar.

Temur shaxsini faqat harbiy sarkarda sifatida ko‘rish to‘g‘ri emas. Uning ulug‘ligi shundaki, u aql-zakovat va kuchni uyg‘unlashtirgan holda davlat boshqargan. Ko‘p holatlarda shaharlar qarshilik ko‘rsatmagan, balki uning siyosiy nufuzi va oqilona strategiyasiga qoyil qolishgan. Shu ma’noda “Kuch — adolatdadur” degan g‘oya uning butun faoliyatining asosiy tamoyili bo‘lib xizmat qilgan, - dedi Afg‘oniston Fanlar akademiyasi a’zosi Azizullo Arol.

Turkiyalik tarixchi va yozuvchi Abduraxmon Kaplan esa muzey haqidagi taassurotlarini shunday bayon etdi:

“Bugungi tashrif menda juda katta va chuqur taassurot qoldirdi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi ekspozitsiyalari mazmunan boy, ilmiy jihatdan puxta ishlangan va juda yaxshi saqlangan. Ayniqsa, miniatyuralar, qo‘lyozmalar va shaxmatga oid eksponatlar Temurning davlat boshqaruvi va strategik tafakkurini yaqqol namoyon etadi. Bu muzey nafaqat O‘zbekiston, balki butun turkiy dunyo uchun ham katta ma’naviy boylikdir”.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14837
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12231
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9959
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7991
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar